Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari muzokarasi boshlandi

© Tabildi KadirbekovNachalis peregovori premyerov Kirgizstana i Uzbekistana v Bishkeke
Nachalis peregovori premyerov Kirgizstana i Uzbekistana v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Bishkekka bugun yetib keldi

TOShKENT, 16-avgust — Sputnik."Ala-Archa" davlat qarorgohida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov o‘rtasida tor doiradagi muzokaralar boshlandi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston.

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir Aripov Qirg‘izistonda chegara masalasida muzokara o‘tkazadi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Bishkekka bugun yetib keldi. Aripovni aeroportda Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov kutib oldi.

Aripov va Sooronbay Jeenbekov ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hamda davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiyalari yig‘ilishini o‘tkazadilar.

Ilgariroq Namanganda O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasi bo‘yicha bayonnoma imzolagandi.

Yangiliklar lentasi
0