Atambayev Mirziyoyevning sa’y-harakatlarini yuqori baholadi

© Ofitsialniy sayt prezidenta KRPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vstretilsya s prezidentom Kirgizstana Almazbekom Atambayevim
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vstretilsya s prezidentom Kirgizstana Almazbekom Atambayevim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Almazbek Atambayev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qirg‘iz-o‘zbek hamkorligini mustahkamlashdagi ulkan hissasini e’tirof etdi

TOShKENT, 16-avgust — Sputnik. Bugun O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Bishkekda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan uchrashdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Nachalis peregovori premyerov Kirgizstana i Uzbekistana v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari muzokarasi boshlandi

Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov ham ishtirok etgan mazkur uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Almazbek Atambayev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qirg‘iz-o‘zbek hamkorligini mustahkamlashdagi ulkan hissasini e’tirof etdi va O‘zbekiston hukumati rahbarining mazkur tashrifi do‘stlik va ahil qo‘shnichilik, o‘zaro hamkorlik tamoyillari asosidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga turtki bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Abdulla Aripov Almazbek Atambayevga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazdi va mamlakat hukumati Qirg‘iziston bilan do‘stlik va ahil qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lida davom etishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz,O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bugun Bishkekka yetib keldi. U Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov bilan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hamda davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiyalari yig‘ilishini o‘tkazadi.

 

Yangiliklar lentasi
0