Jamiyat

Qirgʻiziston oʻzbek avtomobillarini sotib olishga tayyor – Jeenbekov

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston bosh vaziri ikki davlat oʻrtasidagi barcha toʻsiq va cheklovlarni olib tashlash boʻyicha ish olib borish zarurligini bildirdi

TOSHKENT, 16 avgust — Sputnik. Qirgʻiziston Oʻzbekistondan avtomobillar sotib olishdan manfaatdor, dedi Qirgʻiziston hukumati rahbari Sooronbay Jeenbekov Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha qirgʻiz-oʻzbek hukumatlararo komissiyasi yigʻilishida. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov pribыl s rabochim vizitom v Kыrgыzstan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Abdulla Aripov oʻzbek-qirgʻiz aloqalarini mustahkamlovchi tadbirlarni taklif qildi

Jeenbekovning aytishicha, komissiyaning soʻnggi yigʻilishidan buyon oradan sakkiz yil vaqt oʻtgan. Shu bois Qirgʻiziston Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekistonning tashqi siyosatidagi ustuvorligi Markaziy Osiyo ekanligi haqidagi soʻzlarini iliq qarshi oldi.

"Qirgʻiziston bilan hamkorlikni faollashtirish uchun qulay muhit yaratildi, masalan, Umumiy imtiyozlar tizimi plyus (VSP+) yoki Yevroittifoq va YEOIH bozorlariga bojsiz chiqish kabi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha "yoʻl xaritasi"ni qabul qilish zarur. Biz ikki xalqning rivojlanishi toʻsiq va cheklovlar olib tashlanishiga bogʻliq degan xulosaga keldik", — dedi Qirgʻiziston bosh vaziri.

Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, u va uning oʻzbekistonlik hamkasbi chegaradagi oʻtkazish punktlarini ochish, tranzit yuklarini oʻtkazish va oʻzaro loyihalar yaratish zarurligini eʼtirof etishgan.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vstretilsya s prezidentom Kыrgыzstana Almazbekom Atambayevыm - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Atambayev Mirziyoyevning saʼy-harakatlarini yuqori baholadi

"Mahsulot ayirboshlash 1,8 baravarga oshdi, lekin shu bilan chegaralanib qolmoqchi emasmiz. Biz Oʻzbekistondan mineral resurslar, paxta xomashyosi, avtomobilsozlik mahsulotlari, tibbiy ashyo va dori-darmonlar sotib olishga tayyormiz. Oʻz navbatida Qirgʻiziston ham Oʻzbekistonga oziq-ovqat va qayta ishlab chiqarish sanoati mahsulotlari, goʻsht-sut hamda toʻqimachilik va boshqa mahsulotlarni eksport qila oladi. Barcha toʻsiq va cheklovlarni olib tashlash boʻyicha ish olib borish zarur", — dedi Jeenbekov.

U ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish boʻyicha davlat organlari faol ish olib borayotganligini qoʻshimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala