Jamiyat

AQSH senati vakillari mehnat migratsiyasi sohasidagi islohotlar bilan tanishishdi

© Facebook / Ministry of Labour of the Republic of UzbekistanVstrecha predstaviteley Ministerstva zanyatosti i trudovыx otnosheniy respubliki Uzbekistan s delegatsiyey Komiteta Senata SSHA po mejdunarodnыm otnosheniyam
Vstrecha predstaviteley Ministerstva zanyatosti i trudovыx otnosheniy respubliki Uzbekistan s delegatsiyey Komiteta Senata SSHA po mejdunarodnыm otnosheniyam - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH Senatining Xalqaro munosabatlar boʻyicha qoʻmitasi vakili janob K.MakKari Amerika tomoni oʻzbekistonlik yosh mutaxassislarning Qoʻshma Shtatlarda oʻqishi masalasida qoʻllab-quvvatlashini bildirdi

TOSHKENT, 16 avgust — Sputnik. AQSH Senatining Xalqaro munosabatlar boʻyicha qoʻmitasi vakillari Oʻzbekistonda mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boʻlishdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qildi.

Delegatsiya agentstva migratsii Uzbekistana sovershila vizit v Novosibirsk - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Migratsiya agentligi oʻzbek mutaxassislari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda

Uchrashuv doirasida Davlat Mehnat huquq inspektsiyasi boshligʻi B.Shahriyorov AQSH Senatining Xalqaro munosabatlar boʻyicha qoʻmitasi vakillariga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyati haqida batafsil maʼlumot berdi.

Xalqaro munosabatlar va xalqaro mehnat tashkiloti bilan ishlash shuʼbasi boshligʻi B.Alimuxamedov AQSH Senatining Xalqaro munosabatlar boʻyicha qoʻmitasi delegatsiyasini odam savdosi, majburiy mehnat masalalarining oldini olish va mehnat muhofazasini taʼminlashga qaratilgan qonunchilik meʼyorlari bilan tanishtirdi.

AQSH Senatining Xalqaro munosabatlar boʻyicha qoʻmitasi vakili janob K.MakKari AQShda xorijiy stajyorlarning texnik oʻquvini tashkil etish boʻyicha amaliy tajriba mavjudligini aytib oʻtdi. U Amerika tomoni oʻzbekistonlik yosh mutaxassislarning Qoʻshma Shtatlarda oʻqishi masalasida qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader