Hodisalar

Qotilligi uchun 20 yildan buyon qidirilayotgan oʻzbekistonlik Rossiyada qoʻlga olindi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Fotobankka oʻtishRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston huquq tartibot organlari maʼlumotiga koʻra, u 1996 yilda bir guruh shaxslar bilan talonchilik jinoyatini sodir etish vaqtidagi qotillikka aloqador

TOSHKENT, 16 avgust — Sputnik. Bundan 20 yil ilgari sodir etgan jinoyati uchun qidiruvda boʻlgan 46 yoshli oʻzbekistonlik shaxs Rossiyaning Kaliningrad viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boʻlimi xodimlari tomonidan qoʻlga olindi. Bu haqda Kaliningrad viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xalqaro qidiruvda boʻlgan ushbu shaxsning yashiringan manzili tezkor tadbirlar chogʻida aniqlandi. Oʻzbekiston huquq tartibot organlari maʼlumotiga koʻra, u 1996 yilda bir guruh shaxslar bilan talonchilik jinoyatini sodir etish vaqtidagi qotillikka aloqador.

Hozirda uni Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilish boʻyicha choralar koʻrilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader