Hodisalar

AQShda odam savdosida ayblanayotgan oʻzbekistonlik uch muhojir qidirilmoqda

© FotoliaAmerika politsiyachilari
Amerika politsiyachilari - Sputnik Oʻzbekiston
2005 yilning iyun oyida ICE va AQSH Ichki xavfsizlik departamenti Oʻzbekistonning bir nechta fuqarolari hamda nolegal immigrantlarni majburan ishga joylash bilan shugʻullangan Giant Labor Solutions (GLS) kompaniyasiga nisbatan tergov ishlarini boshlagan

TOSHKENT, 16 avg — Sputnik. AQShda odam savdosida ayblanib uch nafar oʻzbek immigrantlari ustidan qidiruv eʼlon qilingan.

Amerika Qoʻshma Shtatlari bojxona va immigratsiya nazorati xizmati (ICE) odam savdosi va firibgarlikda ayblanayotgan uch nafar oʻzbekistonlik immigrantlarni qidirmoqda.

Muassasa saytida yozilishicha, ular 32 yashar Rustamjon Shukurov, 35 yashar Sanjar Agzamov va 30 yashar Nodir Yunusovlardir.

Gosdep podtalkival Uzbekistan k konfliktu s Kыrgыzstanom — Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
AQSH Oʻzbekistonni Qirgʻiziston bilan mojaro boshlashga undagan - Atambayev
2005 yilning iyun oyida ICE va AQSH Ichki xavfsizlik departamenti Oʻzbekistonning bir nechta fuqarolari hamda nolegal immigrantlarni majburan ishga joylash bilan shugʻullangan Giant Labor Solutions (GLS) kompaniyasiga nisbatan tergov ishlarini boshlagan.

AQShning bir nechta maxsus xizmatlari va huquq tartibot organlari 4 yil davomida GLS faoliyati ustidan nazorat olib borishgan. Oqibatda, 2009 yilning may oyida kompaniyaga mehnatga undash va chet elliklar bilan mehnat shartnomalari borasida firibgarlikka yoʻl qoʻyish boʻyicha ayblovlar eʼlon qilingan.

Oʻshanda tashkilotning aksariyat xodimlari qoʻlga olingan. Kanzas-Siti va Sent-Luis, Missuri shaharlarida odam savdosi qurboniga aylangan 40dan ziyod kishi qutqarib qolingan. Ammo GLS ning bir nechta aʼzolari qochishga muvaffaq boʻlgan, ular orasida Sanjar Agzamov, Nodir Yunusov va Rustamjon Shukurovlar ham boʻlgan.

2010 yilning yanvarida sud GLS xodimlariga qarshi majburiy mehnatning 59 punkti va chet elliklar bilan mehnat shartnomasini tuzishda 20ta holatda firibgarlikka yoʻl qoʻyganlik boʻyicha ayblovlar eʼlon qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader