Siyosat

Oʻzbekiston mobil aloqa operatorlari abonentlar soʻzlashuvlarini kuzatmaydi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishMobilnыe operatorы "Megafon" i "Bilayn"
Mobilnыe operatorы Megafon i Bilayn - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston hukumati tomonidan mobil aloqa foydalanuvchilarining soʻzlashuvlari va xabarlarini saqlash, qoʻngʻiroqlar va xabarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat organlariga taqdim etish borish vazifalarini operatorlarga yuklash masalasi koʻrib chiqilmayapti

TOSHKENT, 16 avg — Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan mobil aloqa operatorlariga Rossiyada qabul qilingan talablarga (Paket Yarovoy) oʻxshash boʻlgan yangi talablarni joriy etish koʻzda tutilmayapti. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Xalqaro Press-klub anjumanida maʼlum qildi.

Iqtisod
Jismoniy yoki yuridik shaxslarga beriladigan sim kartalar soni cheklanadi

"Yarovoy paketi" talablariga koʻra, Rossiyada mobil aloqa operatorlarga va maʼlumotlarni tarqatuvchi tashkilotlarga yarim yil davomida foydalanuvchilarning xabarlarini saqlash, shuningdek 3 yil va bir yil mobaynida qoʻngʻiroqlar va yozishmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni saqlash va davlat organlarga taqdim etish vazifalari yuklatilgan.

"Hozircha bunday rejalar yoʻq, shu bois ortiqcha vahimaga hojat yoʻq", — deb javob berdi vazir Shermatov Sputnik muxbiriga.

Eslatib oʻtamiz, shu yilda Oʻzbekistonda mobil aloqa mijozlar soni 21,5 mln kishidan ortdi. Hozirgi vaqtda mobil aloqa bozorida GSM standartida ishlaydigan 4 ta — Beeline, Ucell, UMS i Uzmobile operatorlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Beeline eng koʻp mijozlarga ega boʻlib, 2016 yil yakunida 9,5 mln kishidan ortiq mijozlari bor.

Kelgusi besh yil ichida milliy mobil aloqa operatori Uzmobile oʻzining mijozlar sonini 11 mln kishiga yetkazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala