Jamiyat

Oʻzbekiston hukumati virusli gepatitga qarshi kurashishga 40 mln dollar ajratdi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishMeditsinskiy rabotnik delayet ukol
Meditsinskiy rabotnik delayet ukol - Sputnik Oʻzbekiston
Bu mablagʻ infektsion kasalxonalarni zamonaviy davolash asbob-uskunalar bilan jihozlash va aholini virus gepatitiga qarshi har yilda aholini emlash ishlariga sarflanadi

TOSHKENT, 16 avg — Sputnik. Oʻzbekiston rahbariyati tomonidan 2017-2021 yillarda mamlakatda virusli gepatitni davolash va profilaktika qilish ishlariga 40 mln dollar mablagʻ ajratiladi.

Samolet Uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonlik bemor bolalar davolanish uchun Germaniyaga joʻnatildi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 30 mln dollar davlat byudjetidan va 6,4 mln dollar xalqaro grantlar hisobidan yoʻnaltiriladi.

Bu mablagʻlarga 2018 yilda har bir hududiy yuqumli kasalliklar shifoxonasida gepatologik markazlar tashkil etiladi. Ular zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.

Bundan tashqari, Oʻzbekistondan kelasi yildan "V" turdagi virusli gepatitga qarshi emlash ishlari boshlanadi. Shuningdek, "S" turdagi surunkali virusli gepatit va uning asoratlariga qarshi qarshi davolash tadbirlari amalga oshiriladi.

2021 yilga kelib surunkali virusli gepatit va uning asoratlarini roʻyxatga olish boʻyicha elektron tizimni joriy etish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader