Siyosat

Qozogʻistondagi Oʻzbekiston elchixonasi Ostona shahriga koʻchib oʻtadi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Astana
Goroda mira. Astana - Sputnik Oʻzbekiston
Almati shahridagi hozirgi diplomatik missiya oʻrnida Bosh konsulxona ochiladi

TOSHKENT, 16 avg — Sputnik. Ostona shahrida Oʻzbekiston elchixonasining yangi binosi quriladi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Flagi Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Qozogʻiston Oʻzbekistonni oʻz milliy eksport strategiyasiga kiritdi

Xabarda aytilishicha, 2017 yil 15 avgust kuni Ostona shahrida amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Saidikram Niyazxodjayev boshchiligidagi TIV delegatsiyasi qator uchrashuvlar oʻtkazdi.

Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Galimjan Koyshibayev, TIV masʼul kotibi Anarbek Karashev bilan muzokaralar davomida davlatimiz rahbariyati koʻrsatmasiga koʻra Ostona shahrida Oʻzbekiston Elchixonasi binosi qurilishi va Almati shahridagi hozirgi diplomatik missiya oʻrnida Bosh konsulxona ochilishi bilan bogʻliq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Mazkur masala Qozogʻiston Investitsiyalar va taraqqiyot vazirligining qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi ishlari boʻyicha qoʻmitasida, Ichki ishlar vazirligining Migratsiya ishlari boʻyicha qoʻmitasida va Ostona shahri hokimligida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda ham koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Qozogʻiston poytaxtidagi "EXPO — 2017" xalqaro koʻrgazmasiga tashrif buyurdi va Oʻzbekiston ekspozitsiyasi bilan tanishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader