Iqtisod

Toshkent xalqaro aeroportining uchish-qoʻnish yoʻlagi qayta taʼmirdan chiqdi

© Foto : ERIC SALARDSamolet aviakompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose v aeroportu
Samolet aviakompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose v aeroportu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Birinchi raqamli uchish-qoʻnish yoʻlagi kapital taʼmirdan chiqdi. Shuningdek, samolyot uchish qoʻnish yoʻlagiga chiqish maydonida yangi chiroq signal jihozlari oʻrnatildi

TOSHKENT, 16 avg — Sputnik. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining birinchi raqamli uchish-qoʻnish yoʻlagi qayta taʼmirdan chiqdi. Bu haqda Sputnik muxbiri "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniya matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qildi.

Jamiyat
"Samarqand" xalqaro aeroporti yana faoliyatini boshladi

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, yoʻlakning chiroq signal anjomlari toʻliq yangilanib, uchish-qoʻnish yoʻlagiga chiqish maydonida yangi zamonaviy chiroqlar oʻrnatildi.

Hozir yoʻlak havo kemalarni qabul qilish uchun toʻliq tayyor holatda. Kapital taʼmirlash ishlarini "Avtomagistral" pudratchi kompaniya amalga oshirdi.

Ushbu pudratchi tashkilot tomonidan yoʻlakning 50 ming kvadrat metr asfalt qoplamasi yangilandi. Barcha taʼmirlash ishlari meʼyoriy-huquqiy  talablar va aviatsiya qoidalari asosida havo xizmatlarning hamkorligi tufayli qisqa muddat ichida amalga oshirishga erishildi. Yangi yoʻlak xalqaro parvozlar boʻyicha xavfsizlik talablariga toʻliq javob beradi" — deb taʼkidlandi aviakompaniya matbuot-xizmati.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda "Samarqand" xalqaro aeroportining uchish-qoʻnish sunʼiy qismi kapital taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi. Ushbu aeroport taʼmirlash uchun joriy yilning 1-31 iyul kunlari yopilgan edi.

Aeroport joriy yil 1 avgust kuni oʻz ish faoliyatini boshlab, birinchi boʻlib Rossiya UTair aviakompaniyasiga qarashli boʻlgan samolyotni qabul qildi.

Yangiliklar lentasi
0