Hodisalar

MXX Toʻrtkoʻl tibbiyot kollej direktorini 1000 dollar pora bilan qoʻlga oldi

© PixabayZaderjaniye prestupnika
Zaderjaniye prestupnika - Sputnik Oʻzbekiston
Toʻrtkoʻl tumani prokuraturasi pora olish holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

TOSHKENT, 17 avg — Sputnik. MXX tezkor xodimlari Toʻrtkoʻl tibbiyot kollej direktori 36 yoshli Sherali Davletovni pul olayotganda qoʻlga oldilar, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Chelovek v maske balaklavы. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
MXX Namanganda ikkita firibgarlik holatini aniqladi

Kollej direktori 1000 dollarni olmoqchi boʻlgan. Ushbu pulga Davletov fuqaro YU.F.ning ikki nafar qarindoshlarini oʻqishga kiritishga vaʼda bergan.

Toʻrtkoʻl tumani prokuraturasi pora olish holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda taʼlim tizimi tubdan takomillashtirilmoqda. Qator kollej va litseylar yopilib, ular oʻrniga maktablarda oʻn bir yillik taʼlim va oliygohlarda akademik litseylar ochiladi.

Shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan ishchi guruh joylarda ota-onalar va oʻquvchilarning bu boradagi fikrlarini ham oʻrgandi. Unga koʻra, umumtaʼlim maktablarining 466 ming nafar 9-sinf bitiruvchisidan 352 ming nafari 10-sinfda, 114 ming nafari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqishni davom ettirish niyatida ekani aniqlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala