Siyosat

Mirziyoyev militsiya faoliyati ustidan prokuror nazoratini oʻrnatdi

© Press-slujba prezidenta RUzOʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti ayrim hududlarda ishlar xoʻjakoʻrsinga, faqat qogʻoz uchun bajarilayotganini, buning oqibatida vaziyat ijobiy tomonga oʻzgarmayotganin aytdi. Mirziyoyev, shuningdek, hamma joyda ham profilaktik tadbirlar samaradorligi yetarli darajada taʼminlanayotgani yoʻq, dedi

TOSHKENT, 17 avg Sputnik. Prokuraturaning asosiy vazifalaridan biri ichki ishlar organlari qonunlarni qanday ijro etayotganini nazorat qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda ular bilan faoliyatni muvofiqlashtirishdan iborat. Lekin ayrim prokuratura xodimlari tanish-bilishchilik tufayli bu vazifani vijdonan ado etmayapti, deb taʼkidladi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar organlari vakillari bilan oʻtkazgan yigʻilishida.

Siyosat
Oʻzbekistonda militsiya xodimlariga oʻzini fuqarolardan ustun qoʻyish man etildi
Yigʻilishda ayrim hududlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatlarni barvaqt aniqlash ishlari qoniqarli emasligi qayd etildi. Masalan, respublika boʻyicha jinoyatchilik koʻrsatkichlari kamaygan, lekin Samarqand viloyatida oshib ketgan. Buxoro, Navoiy, Fargʻona viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida xotin-qizlar tomonidan jinoyat sodir etish holatlari koʻpaygan.

Joylarda profilaktika masalasiga yetarlicha eʼtibor berilmayapti: Samarqand viloyatida sodir etilgan 49 ta qotillikdan 14 tasi, Jizzax viloyatida 10 tadan 4 tasi, Navoiy viloyatida 10 tadan 3 tasi, Qashqadaryoda 30 tadan 6 tasining oldini olish uchun toʻliq imkoniyatlar mavjud boʻlgan — mahalla faollari va profilaktika inspektorlari muayyan jinoyat ehtimolidan boxabar boʻlsa-da, biror chora koʻrmagan.

Oʻzbek militsiya xodimlari - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev militsiya xodimlari nega xalqqa yaqinlashtirilganini tushuntirdi
Hududlarda ishlar xoʻjakoʻrsinga, faqat qogʻoz uchun bajarilayotgani oqibatida vaziyat ijobiy tomonga oʻzgarmayotgani aytildi.

"Hududlarda ichki ishlar organlari faoliyatida kamchiliklar yuzaga kelib, uzoq muddat yechilmayotganida maʼlum maʼnoda tuman va shahar prokurorlarining ham aybi bor. Prokuraturaning asosiy vazifalaridan biri ichki ishlar organlari qonunlarni qanday ijro etayotganini nazorat qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda ular bilan faoliyatni muvofiqlashtirishdan iborat. Lekin ayrim prokuratura xodimlari tanish-bilishchilik tufayli bu vazifani vijdonan ado etmayapti. Bir soʻz bilan aytganda, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan prokuror nazorati yetarli darajada oʻrnatilmagan", — dedi Mirziyoyev.

Shu munosabat bilan Bosh prokuratura rahbariyatiga ichki ishlar organlari faoliyati ustidan samarali prokuror nazorati oʻrnatish va prokurorlarning shaxsiy masʼuliyatini oshirishni taʼminlash vazifasi topshirildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala