Migratsiya

Tojikiston Rossiyadagi mehnat migrantlari uchun nafaqa olinishiga harakat qilmoqda

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishTrudovыe migrantы, arxivnoye foto
Trudovыe migrantы, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Nafaqa olishga faqatgina Rossiyada qonuniy asosda, barcha soliqlarni toʻlayotgan va ijtimoiy sugʻurtaga ega boʻlgan migrantlar umid qilishi mumkin

TOSHKENT, 17 avg — Sputnik. Tojikiston mehnat, migratsiya va bandlik vazirligi 2018 yilga kelib Rossiya hududida mehnat qilayotgan fuqarolari uchun nafaqa taʼminoti haqida kelishuvga erishmoqchi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Rabochiye na stroitelnoy ploщadke, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rossiyadagi oʻzbek migrantlari bir oyda oʻrtacha necha pul topishi maʼlum boʻldi

"Shu yil yakuniga qadar bu masalaga nuqta qoʻymoqchimiz va yakuniy bitim loyihasini tayyorlamoqchimiz. Bu hujjat imzolanishi Tojikiston mehnat migrantlariga Rossiyada nafaqa olish imkoniyatini beradi", — dedi Tojikiston mehnat vazirligi vakili.

Tojikiston mehnat vazirligi vakilining soʻzlariga koʻra, nafaqaga olishga faqatgina Rossiyada qonuniy asosda, barcha soliqlarni toʻlayotgan va ijtimoiy sugʻurtaga ega boʻlgan migrantlar umid qilishi mumkin.

Shuningdek, ushbu bitim tasdiqlanishi Rossiya iqtisodiyotiga ijobiy taʼsir qiladi. Jumladan, mamlakatning ijtimoiy fondlarga toʻlovlar tushumi ortadi. Shu bilan birga, tojikistonlik migrantlarda qonuniy ishlashga yanada qiziqish uygʻotadi.

Vyacheslav Postavnin - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Ekspert: patentlarning qimmatligi migrantlarni yorugʻlikka chiqarmayapti
"Yildan yilga Rossiyaning demografik holati yomonlashmoqda. Bu mamlakatning yetarlicha ishchi kuchi bilan taʼminlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Qonuniy asosda ishlaydigan migrantlar bu muammoni hal qilishga yordam beradilar", — deb taʼkidlandi vazirlikda.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Rossiyada 800 ming tojikistonlik mehnat migrantlari ishlamoqda. Tadqiqotchilarning qayd etishlaricha, Rossiyada ishlayotgan mehnat migrantlari orasida eng kam pulga ishlovchilar tojikistonliklar ekan. Qonuniy asosda ishga joylashgan tojikistonliklar oyiga oʻrtacha 28 ming rubl topishadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala