Bu yerga bekobodliklarning savollariga javob topish maqsadida kelganmiz - Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta RUzVizit Shavkata Mirziyoyeva v Bekabad
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Bekabad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezidentning aholi bilan suhbati asosan hayotiy masalalar, inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan muhim jihatlar xususida kechdi

TOShKENT, 18-avgust — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev bugun Bekobod shahriga tashrifi chog‘ida "Paxtakor" mahalla fuqarolar yig‘inida xam bo‘lib, oddiy odamlar bilan uchrashdi, samimiy muloqot qildi. Suhbat asosan hayotiy masalalar, inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan muhim jihatlar xususida kechdi. Bu haqda prezidentning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qilinmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning Bekobod shahriga tashrifi boshlandi

"Biz bu yerga bekobodliklarning savollariga javob topish, xalq bizga bergan ishonchni oqlash maqsadida kelganmiz" — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu yerda 50 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ularga 37 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko‘rsatadi.

Mamlakat rahbariga hudud markazida bunyod etilishi ko‘zda tutilayotgan Yagona hisob-kitob markazi va namunali mahalla fuqarolar yig‘ini binolarining loyihalari taqdim qilindi. Shavkat Mirziyoyev kuz-qish mavsumida xonadonlarni isitish loyihasi bilan tanishar ekan, aholiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida yaqin kelajakda Bekobod shahridagi barcha xonadonlarni isitish moslamasi bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayoni bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida Bekobod shahriga tashrif buyurdi.

Yangiliklar lentasi
0