O‘zbekiston harbiylari Rossiya maxsus bo‘linmalari tajribasi bilan tanishadi

© Sputnik / Valeriy Yarmolenko / Mediabankka o‘tishOperativno-strategicheskie komandno-shtabnie ucheniya spesslujb stran ShOS
Operativno-strategicheskie komandno-shtabnie ucheniya spesslujb stran ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur tashrif O‘zbekiston va Rossiya Mudofaa vazirliklarining 2017-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama harbiy hamkorlik borasidagi rejasiga asosan amalga oshirilmoqda

TOShKENT, 18-avgust — Sputnik. 23-avgustdan 26-avgustgacha O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Samara viloyatida Rossiya maxsus bo‘linmalarining (spesnaz) tayyorgarlik jarayoni bilan tanishadi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

Rossiya mudofaa vazirligi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mudofaa vaziri Rossiya asosiy strategik sherik ekanligini aytdi

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston bosh shtabi va Qurolli Kuchlar akademiyasi ofitserlari Volgabo‘yidagi Markaziy harbiy okrugning birlashma va harbiy qismlariga tashrif buyurishadi, taktik mashg‘ulotlarda ishtirok etishadi, maxsus operatsiyalarni rejalashtirish, o‘tkazish va har tomonlama ta’minlash bo‘yicha tajriba almashishadi.

Mazkur tashrif O‘zbekiston va Rossiya Mudofaa vazirliklarining 2017-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama harbiy hamkorlik borasidagi rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.

Ilgariroq Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Vladimir Zarudniskiy va O‘zbekiston mudofaa vaziri general-polkovnik Qobul Berdiyev hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlashgandi.

Erishilgan kelishuvlarga muvofiq, yil oxiriga qadar mintaqaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha keng miqyosdagi shtab muzokaralari, O‘zbekistonning Forish poligonida hamkorlikdagi taktik o‘quv mashg‘ulotlari va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston harbiylari bu yil ilk marotaba xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etdi. 29-iyuldan 12-avgustgacha Rossiya, Ozarboyjon, Belarus, Qozog‘iston va Xitoyda bo‘lib o‘tgan musobaqalarda o‘zbekistonliklar 28 yo‘nalishdan 8tasida qatnashishdi. 29 davlat ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 8-o‘rinni egalladi.

© SputnikArMI-2017 xalqaro armiya o‘yinlari
ArMI-2017 xalqaro armiya o‘yinlari - Sputnik O‘zbekiston
ArMI-2017 xalqaro armiya o‘yinlari
Yangiliklar lentasi
0