Xitoyda birinchi internet-sud ochildi

© REUTERS / Kim Kyung-HoonSentralniy bank Kitaya
Sentralniy bank Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sud bilan bog‘liq barcha jarayonlar internet-sud saytida olib boriladi

TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Xitoyning Xanchjou shahrida birinchi internet-sud tashkil etildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Kitayskiy i uzbekskiy flagi - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy o‘zbekistonlik mansabdorlarga viza berish tartibini soddalashtirdi

Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan 36-sessiyasi davomida mamlakat tarixida birinchi marta internet-sud tashkil etilishi rejasi tasdiqlangan edi.

Internet-sud onlayn-savdodagi firibgarlik ishlari bilan bog‘liq nizolarni, onlayn tarzda tuzilgan qarzdorlik shartnomalarini hamda internetda mualliflik huquqlari buzilishi holatlari bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqadi.

Sud bilan bog‘liq barcha jarayonlar interent-sud saytida olib boriladi. Sud hukmi esa real vaqt rejimida videotranslyatsiya orqali o‘qib eshittiriladi.

Shahar sud tizimi kiberjinoyatlar bilan bog‘liq ishlarni olib borayotgani, ular soni esa kundan-kunga ortib borayotgani ta’kidlangan. Misol uchun, 2013-yilda sud bu kabi 600 ta ishni ko‘rib chiqqan bo‘lsa, o‘tgan yilda ularning soni 10 mingdan oshib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0