Kamilov Hindistonga rasmiy tashrif bilan boradi

© AFP / YASSER AL-ZAYYATMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif dasturidan tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj hamda Hindistonning boshqa rahbarlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan

TOShKENT, 19-avgust — Sputnik. Shu yilning 21-23-avgust kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Hindiston Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, tashrif dasturidan tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj hamda Hindistonning boshqa rahbarlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston-Hindiston biznes-forumi va boshqa qo‘shma tadbirlarda ham ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0