Italiyada "Sharq taronalari" festivali taqdimoti o‘tkazildi

© Press-slujba xokimiyata Samarkandskoy oblastiSharq taronalari festivali
Sharq taronalari festivali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
XI "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali 25-30 avgust kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 19-avgust — Sputnik. Italiyaning Kazerta shahrida "Sharq taronalari" xalqaro festivali va Buxoro, Samarqand hamda Xiva shaharlarining turistik salohiyati taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

"Sharq taronalari" festivalida 250 nafar xorijlik san’atkorlar ishtirok etadi

O‘zbekiston delegatsiyasi italiyaliklarga "Samarqand siti", "Qadimiy Buxoro", "Ichon Qal’a" kabi maxsus turistik hududlar haqida hikoya qilib berishdi.

Tadbir ishtirokchilari shuningdek, Toshkentda shu yilning 3-5 oktabr kunlari xalqaro turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tishidan ham xabardor bo‘lishdi.

XI "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali 25-30 avgust kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 56 mamlakatidan 250 nafar san’atkor ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0