IIV tizimida qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi

© Spuntik / Vladimir FedorenkoPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

TOShKENT, 19-avgust — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda "Postda" gazetasiga tayanib uznews.uz xabar qildi.

Ichki ishlar vazirligining Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi boshliq o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i etib podpolkovnik Mirzaimom Erkinovich Mirzaahmedov tayinlandi.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
IIV tizimida birdaniga 22 nafar rahbar tayinlandi

Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib Tohir Egamberdiyevich Kazakov tayinlandi.

Podpolkovnik Abdumannonxo‘ja Tursunxo‘jayevich Ahmedov Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Surxondaryo viloyati IIBning jinoyatlar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Ilhomjon Toshmirzayevich Halilov tayinlandi.

podpolkovnik Anvar Mamatovich Normamatov.

Surxondaryo viloyati Uzun tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Samarqand viloyati IIB transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i etib mayor Eldor Mahmudovich Alkarov tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0