Madaniyat

Sharq taronalari - musiqa va doʻstlik festivali

Samarqandda 25-30 avgust kunlari “Sharq taronalari” 11-xalqaro musiqiy festival boʻlib oʻtadi. Bu yilgi festivalga dunyoning 56 mamlakatidan 250 nafar sanʼatkorlar ishtirok etishadi.

“Sharq taronalari” festivali ilk bor 1997 yilda islom Karimov tashabbusi bilan oʻtkazilgan edi. Festivalning asosiy maqsadi – oʻzbek milliy musiqa sanʼatini ommaviylashtirish va saqlab qolishdir.

“Sharq taronalari” festivali har ikki yilda bir marotaba Samarqand markazida Registon maydonida boʻlib oʻtadi.

Festival faoliyati davomida 90dan ortiq mamlakat vakillari unda ishtirok etgan. Tadbirda eng koʻp avstriyalik, britaniyalik, misrlik, frantsiyalik, germaniyalik, hindistonlik, eronlik, rossiyalik va janubiy koreyalik musiqachilar ishtirok etgan. Qoʻshni Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistondan ham doimiy ravishda musiqachilar kelib turishadi.

Festival haqida batafsil infografikamizni tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala