Jan-Klod Van Damm Toshkentga kelib, sim-karta tarqatadi

© Sputnik / Vladimir Rodionov / Mediabankka o‘tishJan-Klod van Damm
Jan-Klod van Damm - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Asian Fight-2017 Xalqaro sport turnirida ishtirokchilarga Uzmobildan "oltin" raqamlarni yutib olish imkoniyati taqdim etiladi. G‘olibga sim-kartani jahonning eng mashhur yulduzlaridan biri - Jan Klod Van Damm topshiradi

TOShKENT, 21 avg — Sputnik. 2017 yilning 9-sentabrida Toshkentda yilning eng yorqin hodisalaridan — Asian Fight-2017 Xalqaro sport turniri biri bo‘lib o‘tadi.

Rossiyalik va niderlandlik promouterlar yordamida "Bunyodkor" stadionida 6ta jang o‘tkazilib, unda O‘zbekiston yakkakurashchilari boshqa davlatdan kelgan kurashilar bilan o‘zaro bellashadilar.

Turnirning faxriy mehmonlari sifatida — Jan Klod Van Damm, Jeff Monson va Fedor Yemelyanenkolar taklif etilgan.

Turnir bosh homiysi Uzmobile kompaniyasi. Uyali aloqa milliy operatori ushbu hodisaga bag‘ishlab maxsus aksiya o‘tkazilishi haqida e’lon qildi.

Ishtirokchilarga Uzmobildan "oltin" raqamlarni yutib olish imkoniyati taqdim etiladi. G‘olibga sim-kartani jahonning eng mashhur yulduzlaridan biri — Jan Klod Van Damm topshiradi.

Yangiliklar lentasi
0