Olmaliqdagi uylardan birida zaharli ilon zararsizlantirildi

© Sputnik / A. Solomonov / Mediabankka o‘tishMoskovskiy zoopark
Moskovskiy zoopark - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Inson hayotiga xavf soluvchi ilon aholi punktidan uzoqroq bo‘lgan joyga qo‘yib yuborilgan

TOShKENT, 22-avgust — Sputnik. Olmaliqdagi uylardan birida zaharli ilon topildi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tezkor navbatchisiga fuqaro N.J tomonidan uyida ilon ko‘rganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Ilon chaqishining oldini olish maqsadida navbatchi guruh qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga etib borishgan.

Xabarda fuqaroning uyidan inson hayotiga xavf soluvchi ilon topilgani va aholi punktidan uzoqroq bo‘lgan joyga qo‘yib yuborilgani aytilmoqda.

Xonadon egalariga mutaxassislar tomonidan psixologik yordam ko‘rsatilib, zaruriy tavsiyalar berilgan.

Yangiliklar lentasi
0