Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyuradi

Obuna bo‘lish
Bu haqda O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidov ma’lum qildi

TOShKENT, 22-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidov Bishkekda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi Podrobno.uz.

Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Almazbek Atambayev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga tashrif buyurishi haqidagi jurnalist savoliga elchi ijobiy javob bergan.

"Tomonlar ushbu tashrifga tayyorgarlik ko‘rmoqda, aniq muddatlar kelishiladi. Tashrif amalga oshadi", – degan elchi.

O‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan bosh vazirlar uchrashuvida Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev sentabrda O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida bildirgandi.

Yangiliklar lentasi
0