Shimoliy Koreya urush bo‘lish-bo‘lmasligi AQSh harakatlariga bog‘liqligini ma’lum qildi

© AP Photo / Fars News Agency, Hamed JafarnejadBallistik raketa uchirilishi
Ballistik raketa uchirilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
KXDR va AQSh o‘rtasida yuz bergan "o‘zaro tahdidlar almashuvi"dan so‘ng Koreya yarimorolida vaziyat o‘tkir tus oldi. Shimoliy Koreya Amerika bazalari joylashgan Guama hududida qarata ballistik raketa uchirishni va’da bergan bo‘lsa, AQSh prezidenti Donald ham bu ta’kidga jim qarab o‘tirmadi

TOShKENT, 22 avg — Sputnik. AQSh KXDRga bosim o‘tkazishni bas qilishi lozim, Koreya yarimorolida urush bo‘lish-bo‘lmasligi mana shunga bog‘liq, deb xabar qildi RIA Novosti nashriga Rossiyadagi KXDR ishlari bo‘yicha vaqtinchalik vakil Zin Chjon Xep.

Shimoliy Koreyadagi harbiy parad - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Shimoliy Koreya bilan "katta mojaro" bo‘lishi ehtimoli haqida gapirdi
"O‘n to‘rtinchi avgust kuni hurmatli Kim Chen In janoblari, Koreya Xalq armiyasi strategik qo‘shinlari qo‘mondonligini borib ko‘rar ekan, Koreya yarimorolidagi vaziyatni yumshatish va xavfli harbiy to‘qnashuvlarning oldini olish uchun, Koreya yarimoroli atrofida o‘z yadroviy strategik kuchlarini to‘plagan Qo‘shma shtatlar to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishlari va buni o‘z harakatlarida ko‘rsatishlari lozim. Ular yuzsizlarcha amalga oshirayotgan fitna va biroqlama bosimni bas qilishlari kerak" — degan u.

Shimoliy koreyalik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, "AQSh aql bilan qaror qabul qilishi va idrok ila fikr yuritishi lozim". "Koreya yarimorolida AQSh bilan urush bo‘lish-bo‘lmasligi aynan shunga bog‘liq", — deb qayd etgan u.

KXDR va AQSh o‘rtasida o‘zaro bo‘ib o‘tgan "qo‘pol ta’kidlar almashuvidan" so‘ng Koreya yarimorolida vaziyat yanada o‘tkir tus oldi. Shimoliy Koreya Amerikaning Andersen aviabazasi hamda Apra-Xarborn harbiy-dengiz bazalari joylashgan Guama hududiga qarata ballistik raketalarni uchirishni va’da qilgan. AQSh prezidenti Donald Tramp esa agar KXDR yetakchisi Guam bilan "nimadir qiladigan bo‘lsa", u holda, Shimoliy Koreya bilan "shu paytgacha hech kim ko‘rmagan hodisa ro‘y beradi", deya va’da bergan.

Yangiliklar lentasi
0