O‘zbekistonda davlat boshqaruv organlari faoliyati tubdan o‘zgartiriladi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishPortfeli
Portfeli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikada davlat boshqaruvining o‘zbekistonliklar huquqlarini himoya qiluvchi hamda mamlakatning jahondagi raqobatbardoshligini oshiruvchi samarali, shaffof tizimi paydo bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda

TOShKENT, 23-avgust — Sputnik. O‘zbekiston hukumati 2017-yil 15-sentabrdan ma’muriy islohotlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Hozirda qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

Normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga qo‘yilgan hujjat matnida davlat boshqaruvining mavjud modelini takomillashtirish lozimligi qayd etilgan.

Qonun loyihasida o‘zgarishlar o‘tkazish muhimligining sabablari keltirilgan.

Xokimiyat Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Hokimlik va idoralarda ijro va mehnat intizomi bo‘shashib ketgan

Xususan, o‘zbekistonliklar uchun davlat boshqaruv organlari yopiq va yetib borish qiyin hisoblanadi. Ular faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yetarlicha darajada foydalanilmayapti.

Bundan tashqari, davlat xizmati tizimi huquqiy meyorlar asosida boshqarilmayapti, davlat xizmatchilarining faoliyatini esa ma’lum bir ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholashning imkoni yo‘q. Korrupsiyaga qarshi mexanizmlar mavjud emas.

Shuningdek, davlat tuzilmalari davlat mulkini samarasiz boshqarmoqda hamda idoralararo va idora ichidagi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ya olmayapti.

"Xalq davlatga emas, davlat xalqqa xizmat qilishi kerak" tamoyili asosidagi mazkur islohotlar amalga oshgach, respublikada davlat boshqaruvining o‘zbekistonliklar huquqlarini himoya qiluvchi hamda mamlakatning jahondagi raqobatbardoshligini oshiruvchi samarali, shaffof tizimi paydo bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0