Jamiyat

Xalq taʼlimi vazirligi maktabdagi pul yigʻishlarga qarshi kurash olib bormoqda

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishUchitel raspakovыvayet pribor v odnom iz klassov shkolы
Uchitel raspakovыvayet pribor v odnom iz klassov shkolы - Sputnik Oʻzbekiston
Xalq taʼlimi vazirligi Umumtaʼlim muassasalar faoliyatini tashkil etish bosh boshqarmasi boshligʻi Dilshod Kenjayev soʻzlariga koʻra, ota-onalarning maktab va sinf jamgʻarmalariga pul topshirishlari majbur emas

TOSHKENT, 23 avg — Sputnik. Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalar, oʻqituvchilar va maktab maʼmuriyatini maktablarda pul yigʻishlarga qarshi kurash olib borishga chaqirdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Ulugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xalq taʼlimi vaziri: Oʻzbekiston lotin alifbosidan voz kechmoqchi emas

Xalq taʼlimi vazirligi Umumtaʼlim muassasalar faoliyatini tashkil etish bosh boshqarmasi boshligʻi Dilshod Kenjayev soʻzlariga koʻra, ota-onalarning maktab va sinf jamgʻarmalariga pul topshirishlari majbur emas.

"Bunga nafaqat oʻqituvchi yoki maktab direktori aybdor. Vazirlik xodimi sifatida emas, oddiy ota sifatida aytamanki, bugungi kunda maktablarda ota-onalar kengashlari faoliyat koʻrsatmoqda. Kengashlar kerak boʻlgan va kerak boʻlmagan narsalarni xarid qilishadi. Odamlar buni maktab direktori yoki oʻqituvchi qilmoqda deb oʻylaydilar. Ammo pullar asosan ota-onalar kengashlari tomonidan yigʻiladi", — dedi Kenjayev.

Uning soʻzlariga koʻra, Xalq taʼlimi vazirligida sinflarda nimalar boʻlishi kerakligi haqida aniq davlat standartlari mavjud. Agarda ota-onalar ortiqcha narsalarni istab qolishsa, ular bunga pul yigʻishadi.

Vazirlik bunday yondashuvga mutlaqo qarshi, lekin bularga cheklov qoʻyishga har doim ham kuchi yetmayapti. Kenjayev bu masalada vazirlikka jamiyat va ota-onalar yordam berishi kerak degan fikrni bildirdi.

"Bugun bolaga nima kerak? Oʻquvchilarga yorugʻ va shinam boʻlgan sinf, doska zarur. Boshqa hech qanday ortiqchaliklarsiz. Biz bolalarga uydagidek boʻlgan sharoitlarni yaratishimiz kerak emas. Biz maktablarda ijtimoiy tenglikni taʼminlashimiz shartdir. Buni ota-onalar tushunishini istaymiz", — dedi Kenjayev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala