Hodisalar

Oʻzbek chegarachilari yirik miqdordagi kontrabanda tovarlarini qoʻlga olishdi

© Sputnik / Xushnud Raxmatullayev / Fotobankka oʻtishNa tadjiksko-afganskoy granitse v rayone Pyandjskogo pogranotryada
Na tadjiksko-afganskoy granitse v rayone Pyandjskogo pogranotryada - Sputnik Oʻzbekiston
Chegara qoʻshinlari maʼlumotlariga koʻra, kontrabanda olib oʻtish harakatlari boʻyicha Qirgʻiziston chegarasi birinchi oʻrinlarda qayd etilmoqda

TOSHKENT, 24 avg — Sputnik. Oʻzbekiston chegara qoʻshinlari qoʻmondonligi xodimlari tomonidan avgust oyi boshidan beri bir nechta yirik miqdordagi kontrabanda tovarlarini olib oʻtish holatlari fosh etildi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga MXX Davlat chegarasini himoya qilish qoʻmitasi vakili xabar qildi.

Kontrabanda zolota - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bojxonachilar joriy yil yetti oyi davomida 20 kg tilla kontrabandasini fosh etishdi

Chegara qoʻshinlari maʼlumotlariga koʻra, kontrabandachilarning eng faol harakati avvalgidek Qirgʻiziston chegarasida qayd etilgan.

"Fargʻona tumanidagi chegara oldi Qorayantoq qishlogʻida Qirgʻizistondan yuk bilan kelayotgan uch nafar qonunbuzarlar chegarachilar tomonidan aniqlandi. Qoʻlga olish jarayonida qonunbuzarlar yuklarni tashlab ketib, qoʻshni hududga qochib ketdilar. Voqea joyi koʻzdan kechirilganda xorijda ishlab chiqarilgan jami 29,9 mln soʻmlik 5 ming dona sigaretlar borligi aniqlandi", — deb taʼkidladi chegara qoʻshinlari vakili.

Bundan tashqari, chegara oldi Kurash qishlogʻida chegarachilar Oʻzbekistonga noqonuniy ravishda jami qiymati 32 mln soʻmlik 16 dona televizor olib kirilishiga chek qoʻyishdi. Chegarachilarni koʻrishi bilan 4 nafar kontrabandachilar yuklarni tashlab, Qirgʻizistonga qochib ketdilar.

Afgʻoniston - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Tojikiston va Afgʻoniston chegarasida ikki nafar "narkobaron" yoʻq qilindi
Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani Yangiobod qishlogʻida fuqarolar A.Qodirov, A.Boltaboyev va F.Umarovlar chegarachilar tomonidan ushlandi. Ular Qirgʻizistondan jami qiymati 44 mln soʻmlik mobil telefonlar uchun 1094 dona monitorlar olib kirishga uringanlar.

"Fargʻona tumani chegara oldidagi Quvasoy va Yapagi qishlogʻida chegarachilar Qirgʻizistondan noqonuniy ravishda yuborilgan jami qiymati 60 mln soʻmdan ortiq boʻlgan 15,8 ming elektr lampalar va 1 mingdan ortiq parfyumeriya mahsulotlari qoʻlga olindi", — deb qoʻshimcha qildi qoʻmita xodimi.

Barcha tovar-moddiy boyliklar davlat hisobiga oʻtkazildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala