Rossiyaning Sudandagi elchisi o‘lik holatda topildi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishKreml, Qizil maydon
Kreml, Qizil maydon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu hodisada qasddan sodir etilgan qotillik izlarini axtarish kerak emas", - deb xabar qilgan politsiyadan olgan ma’lumotlarga tayangan holda Frans Press agentligi. Sudan politsiyasi agentlikka elchi "basseynda suzayotgan chog‘ida vafot etgan"ligini aytgan.

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Rossiyaning Sudandagi elchisiz Mirgayas Shirinskiy mamlakat poytaxti Xartumdagi qarorgohida o‘lik holatda topildi, deb xabar qildi RIA Novosti axborot agentligi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, diplomat 23-avgust kuni vafot etgan, shu vaqtgacha o‘lim sababi noaniqligicha qolayotgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin rossiyalik diplomatlar xavfsizligini kuchaytirishni buyurdi
Ayni vaqtda vazirlik matbuotkotibi Sergey Konyashin chorshanba kuni kechqurun vafot etgan elchi Mirgayas Shirinskiyning o‘limiga yuragidagi muammolar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, degan taxminlar bildirgan. Diplomat o‘limi sababi rasman e’ln qilingan emas.

"Bu hodisada qasddan sodir etilgan qotillik izlarini axtarish kerak emas", — deb yozgan politsiyadan olgan ma’lumotlarga tayangan holda Frans Press agentligi. Sudan politsiyasi agentlikka elchi "basseynda suzayotgan chog‘ida vafot etganligini aytgan.

Sudan Tashvi ishlar vazirligi diplomat vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

1954 yilda tug‘ilgan Mirgayas Shirinskiy 1977-yilda MGIMOni tamomlagan va shu vaqtning o‘zida diplomatik xizmatga kirishgan. U vazirlikning markaziy apparatida ham, chet elda ham faoliyat yuritgan. 2010-yilda unga Favqulodda va Muxtor Elchi maqomi berilgan. Shirinskiy 2013-yildan Rossiyaning Sudandagi elchisi vazifasini bajarib kelayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0