Jamiyat

Vahimaga oʻrin yoʻq: oʻzbekistonlik ziyoratchilarning barchasi sogʻ-salomat

Internet tarmogʻida Makka shahri Haram hududida yiqilib tushib, qattiq jarohat olgan shaxs haqida videolavha tarqalgan

TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita axborot xizmati internet tarmogʻida tarqalgan Makka shahri Haram hududida yiqilib tushib, qattiq jarohat olgan shaxs haqidagi videolavhasi borasida maʼlumot berdi.

Veteranы VOV otpravilis v xadj - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haj safariga joʻnab ketdilar

"Mazkur voqea yuzasidan Saudiya Arabistonidagi Oʻzbekiston Haj ishchi guruhi rahbaridan olingan maʼlumotlarga koʻra, Madina va Makka shaharlardagi oʻzbekistonlik ziyoratchilarning barchasi sogʻ-salomat va uyushgan holda oʻz ibodatlarini davom ettirmoqdalar", deyiladi qoʻmita axborot xizmati xabarida.

Eslatib oʻtamiz, 7-23 avgust kunlari oʻzbekistonlik 7300 nafardan ortiq ziyoratchi haj safariga kuzatildi. Ziyoratchilarga safar oldidan Oʻzbekiston davlat ramzlari aks ettirilgan maxsus kiyim (kamzul) va sumkalar, "Hajnoma" kitobchasi va videotasmalar taqdim etildi.

Barcha ziyoratchilar markazlashgan tibbiy punktlarida meningit va grippga qarshi zardob bilan emlandilar. Saudiya Arabistonida havo haroratining yuqori darajada boʻlishi kuzatilayotganligini inobatga olib, shifokorlar guruhi tomonidan ziyoratchilarning salomatligini saqlash maqsadida eslatma va tavsiyalar ishlab chiqilib, tegishli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Gruppa palomnikov v Saudovskuyu Araviyu iz Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonlik ziyoratchilar Madina shahrida katta ehtirom bilan kutib olindi

Oʻzbekistonlik ziyoratchilar uchun Madina shahrida "Javharat ar-Roshid", Makka shahrida esa "Abroj al-Hidoya" mehmonxonasi tayyorlab qoʻyilgan. Har bir xona muzlatgich, televizor hamda konditsionerlar bilan jihozlangan. 24 soat davomida zamonaviy avtobuslarda ziyoratchilarni Makka shahridagi Haram masjidiga tashish yoʻlga qoʻyilgan.

Joriy yilning 8-24 sentyabr kunlari oʻzbekistonlik hojilarni "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK samolyotlarida Jidda-Toshkent, Jidda-Buxoro, Jidda-Samarqand, Jidda-Qarshi, Jidda-Namangan, hamda Jidda-Urganch yoʻnalishlari boʻyicha Vatanimizga olib kelish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala