Jamiyat

Oʻzbekistonda havo harorati yana koʻtarilishi kutilmoqda

© SputnikJara. Jenщina pod zontom spasayetsya ot solntsa
Jara. Jenщina pod zontom spasayetsya ot solntsa - Sputnik Oʻzbekiston
Ayrim hududlarda, xususan Toshkentda havo harorati +39 darajagacha koʻtariladi

TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Avgust oyining soʻnggi haftasida Oʻzbekistonda havo harorati yana koʻtariladi. Bu haqda uznews.uz xabar bermoqda.

Anomalnaya jara v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda havo harorati 44 darajagacha koʻtariladi

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 26 avgust kuni kechasi +15…+20, kunduzi +32…+37, 27-29 avgust kunlari kechasi +17…+22, kunduzi +34…+39 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida ham havo bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +17…+22, kunduzi +33…+38 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham oʻzgaruvchan, bulutli havo boʻladi. Harorat 26 avgust kuni kechasi +17…+22, kunduzi +32…+37, 27-29 avgustda +34…+39 darajani tashkil etadi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida oʻzgaruvchan, bulutli havo boʻladi. 26 avgust kuni kechasi +15…+20, kunduzi +32…+37, 27-29 avgust kunlari kechasi +17…+22, kunduzi +34…+39 daraja issiq boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala