UzReport Germaniyada o‘tkaziladigan boks bo‘yicha jahon chempionatini jonli efirda ko‘rsatadi

© SputnikOyatullo Yakubov va Bilol Xolov "Tojikiston vs O‘zbekiston" boks turnirida
Oyatullo Yakubov va Bilol Xolov  Tojikiston vs O‘zbekiston boks turnirida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi barcha vazn toifalarida ishtirok etishi belgilangan.

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. UzReport TV Germaniyaning Gamburg shahrida 25-avgustdan 2 sentbrga qadar bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Turnirda 195 davlat, jumladan, Kuba, Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina, Angliya va Fransiyalardan bokschilar ishtirok etishadi.

O‘zbekiston terma jamoasi barcha vazn toifalarida ishtirok etishi belgilangan.

Milliy jamoa tarkibi: Hasanboy Do‘smatov (49 kg gacha), Jasur Latipov (52 kg), Murodjon Axmadaliyev (56 kg), Elnur Abduraimov (60 kg), Iqboljon Xoldorov (64 kg), Shahram G‘iyosov (69 kg), Isroil Madrimov (75 kg), Bektemir Meliqo‘ziyev (81 kg), Sanjar Tursunov (91 kg), Baxodir Jalolov (+91 kg).

Yangiliklar lentasi
0