Jamiyat

Rasmiyatchilik va koʻzboʻyamachilikka yoʻl qoʻygan senatorlarga nisbatan chora koʻriladi

© Gazeta.uzZdaniye senata Respubliki Uzbekistan
Zdaniye senata Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Aholi bilan oʻtkazilgan muloqotlar jarayonida rasmiyatchilik va koʻzboʻyamachilikka, soxta hisobotlar berishga, oʻrganilayotgan masalaning tub ildiziga yetib bormaslik kabi kamchiliklarga yoʻl qoʻygan senatorlarga nisbatan tegishli taʼsir choralari belgilangan

TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn birinchi yalpi majlisida Oliy Majlis Senati aʼzolarining odobi qoidalariga qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritildi. Bu haqda uzbekistan24.uz xabar bermoqda.

Qishloqdagi uy - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Deputat va senatorlar aholi muammolarini shaxsan oʻrganadilar

Unga koʻra, endilikda joylarga chiqib, aholi bilan oʻtkazilgan muloqotlar jarayonida rasmiyatchilik va koʻzboʻyamachilikka, soxta hisobotlar berishga, oʻrganilayotgan masalaning tub ildiziga yetib bormaslik kabi kamchiliklarga yoʻl qoʻygan senatorlarga nisbatan tegishli taʼsir choralari belgilangan. Senatorlarning internetdagi rasmiy sahifalarida fuqarolar bilan muloqot qilish jarayonidagi odob-axloq qoidalari yanada aniqlashtirilgan.

Qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 12 iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda Oʻzbekiston Ekologik harakati vakillari ishtirokida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidagi maʼruzasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda qabul qilindi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala