Madaniyat

Termizda buddaviylik majmuasi barpo etiladi

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Fotobankka oʻtishMaʼbudning bronzadan quyilgan haykali
Maʼbudning bronzadan quyilgan haykali - Sputnik Oʻzbekiston
Hujjatda qayd etilishicha, bu chora-tadbirlar "oʻzbek xalqi qadimiy ajdodlarining koʻpqirrali diniy-maʼnaviy merosini tashviqot qilishni" nazarda tutadi

TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Termiz shahrida 2018 yilga qadar buddaviylik memoriy majmuasi va yapon bogʻi barpo etiladi, Bu haqdagi hujjat Lex.uz saytida eʼlon qilingan.

Arxeolog olim  Kyudzo Kato - Sputnik Oʻzbekiston
Mashhur arxeolog va Termizning faxriy fuqarosi Kyudzo Kato vafot etdi
Dasturga koʻra, Termizda yaponcha uslubda "Rekan" mehmonxnasi, Kyudzo Kato muzeyi va memorial maydonni qurish nazarda tutilgan.

Majmuani tanitish uchun Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida axborot kampaniyasini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar "oʻzbek xalqining qadimiy ajdodlarining koʻpqirrali diniy-maʼnaviy merosini tashviqot qilishni" nazarda tutadi.

Shuningdek, bu tadbirlar bilan keng jamoatchilik, "ayniqsa, Sharqiy osiyolik sayyohlarni" Surxondaryo vohasining tarixi va merosi bilan tanishtirish uchun amalga oshirilayotgani taʼkidlab oʻtilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala