Mirziyoyev "Shaytanat" muallifini "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotladi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Mustaqillik bayrami oldidan bir guruh insonlarni mukofotladi. Jumladan, O‘zbekiston Xalq yozuvchisi "Mehnat shuhrati", gimnastikachi Oksana Chusovitina esa "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlandi

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 26-yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev birinchi va ikkinchi darajali davlat mukofotlarini topshirdi
Faxriy unvon va ordenlar ushbu soha vakillariga O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatni tiklash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki taqdim etilgan.

Mukofotlanganlar:

"O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi" — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim Gafurov Ibragim Usmanov;

"O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi" — Nazarov Baxtiyar — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim; Negmatov Soyibjon Sodiqovich — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi;

"O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi" — Umirov Chori — Mehnat faxriysi, baxshi;

"O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi" — Sadikov Marat Fayziyevich — O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, grafik rassom

Anis Alyavi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev kardiolog Alyaviga davlat mukofotini topshirdi
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi" — Kadirov Rauf Gafurovich — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Musiqiy pedagogika kafedrasi professori, musiqashunos; Sattarov Zafar Raxmonovich — Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi bolalar-o‘smirlar sport maktabining erkin kurash bo‘yicha murabbiyi;

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist" — Madjnunova Rislik Tadjibayevna — "Namangan haqiqati" gazetasi bo‘lim mudiri; Nizayev Timur Tedjiyevich — "Pravda Vostoka" gazetasi bo‘lim mudiri.

Shuningdek, sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Chusovitina Oksana Aleksandrovna "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikka esa Mehnat shuhrati ordeni taqdim etilgan.

Ro‘yxatning to‘liq shakli bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0