Siyosat

Mirziyoyev Putinga hamdardlik bildirdi

© MCHS RFSotrudniki MCHS RF podnyali iz vodы avtobus, upavshiy s lyudmi v more.
Sotrudniki MCHS RF podnyali iz vodы avtobus, upavshiy s lyudmi v more. - Sputnik Oʻzbekiston
Yoʻl-transport hodisasi Volna poselkasida yuz bergan. Aniqlanmagan sabablarga koʻra, avtobus trassadan chiqib ketib, suvga tushib ketgan. 27 kishini qutqarishga muvaffaq boʻlingan, shulardan 8 nafari Temryuk markaziy kasalxonasiga tushgan. Yana bir kishi qidirilmoqda

TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Krasnodar oʻlkasida yirik yoʻl-transport hodisasi oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jabrlangani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi.

Kreml, Qizil maydon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyaning Sudandagi elchisi oʻlik holatda topildi
Eslatib oʻtamiz, Krasnodar oʻlkasida "Tamanneftgaz" kompaniyasining ishchilarini tashiyotgan avtobus toʻrt metr balandlikdan dengizga tushib ketgan. Oʻn yetti kishi halok boʻlgan.

Yoʻl-transport hodisasi Volna poselkasida yuz bergan. Aniqlanmagan sabablarga koʻra, avtobus trassadan chiqib ketib, suvga tushib ketgan. 27 kishini qutqarishga muvaffaq boʻlingan, shulardan 8 nafari Temryuk markaziy kasalxonasiga tushgan. Yana bir kishi qidirilmoqda.

Avariyaning asosiy sababi sifatida — yoʻl harakati qoidalarining buzilishi taxmin qilinmoqda.

Dengizga tushib ketgan avtobus kran yordamida qirgʻoqqa olib chiqilgan. YTH yuz bergan joyda 80 dan ortiq qutqaruvchilar va 27 ta texnika ish olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala