Hodisalar

Oʻzbek chegarachilari 3,5 kilo giyohvand modda olib kirilishining oldini olishdi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishUnichtojeniye narkoticheskix sredstv
Unichtojeniye narkoticheskix sredstv - Sputnik Oʻzbekiston
"Bekobod" chegara temir yoʻl stantsiyasi nazoratdan oʻtish joyida Tojikistondan kelgan 2005 raqamli yuk poyezdi tekshirilganda 2,5 kg gashish moddasi aniqlandi

TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Oʻzbekiston milliy xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari harbiylari Tojikistondan yirik miqdordagi giyohvand modda olib kirishga boʻlgan urinishga chek qoʻyishdi, deb xabar berdi MXX Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasi vakili Sputnik muxbiriga.

Na tadjiksko-afganskoy granitse v rayone Pyandjskogo pogranotryada - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbek chegarachilari yirik miqdordagi kontrabanda tovarlarini qoʻlga olishdi

"Bekobod" chegara temir yoʻl stantsiyasi nazoratdan oʻtish joyida Tojikistondan kelgan 2005 raqamli yuk poyezdi tekshirilganda 2,5 kg gashish moddasi aniqlandi.

"Narkotiklar vagon ichida topish qiyin boʻlgan joyga berkitilgan boʻlgan" — dedi chegara xizmati vakili.

Shu kunning oʻzida Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahrida chegarachilar tomonidan 52 yoshli A.Maxamatyusupov qoʻlga olindi. Uning yonida 1 kilo gashish borligi aniqlandi. Jinoyatchi giyohvand moddasini mayda partiyalarda sotishni rejalashtirgan ekan.

Mazkur holatlar boʻyicha tergov ishi olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala