O‘zbekistonning qishloq hududida samarali energiya uylari qurilishi boshlanadi

© undp.orgZapusk novogo proyekta "Sodeystvie v razvitii stroitelstva energoeffektivnogo selskogo jilya v Uzbekistane"
Zapusk novogo proyekta Sodeystvie v razvitii stroitelstva energoeffektivnogo selskogo jilya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyihani amalga oshirish uchun Global ekologik fondi va BMTning Taraqqiyot dasturi tomonidan 6,3 million dollar miqdorda texnik ko‘mak ajratish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Bugun Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, BMTning Taraqqiyot dasturi tomonidan Global ekologik fondi granti asosida «O‘zbekistonda energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan qishloq turar-joy binolari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish» yangi loyihasi rasmiy ishga tushirildi.

Chevrolet Spark - Sputnik O‘zbekiston
Arzon uy-joyga avtomobil qo‘shib berilmoqda

Loyiha 2017-2022 yillarda amalga oshirilib, Global ekologik fondi va BMT O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi tomonidan 6,3 million dollar miqdorda texnik ko‘mak ajratilishi belgilangan.

Loyiha to‘rtta komponentdan iborat. Birinchi komponent doirasida qishloqlarda uylarni sotib olish uchun yashil ipoteka kreditlash mexanizmini joriy etish rejalashtirilgan.

Ishlab chiqarishning mahalliy moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va energiya samardorligi yuqori qurilish materiallaridan, hamda qayta tiklanuvchi energetika tizimlaridan (binolarning yoritish tarmoqlari uchun fotoelektrik stansiyalar), hamda energiya samarador va past-uglerodli qishloq uylarini loyihalash va qurishdagi salohiyatdan foydalanish loyiha ikkinchi komponentining asosiy vazifasi bo‘ladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev qurilish sohasi xodimlari uchun bayram joriy etdi
Uchinchisi meyoriy-huquqiy bazani, jumladan, yangi energiya samardorligi yuqori qishloq uylarini qurish va ulardan foydalanishga tegishli bo‘lgan qurilish meyorlari va qoidalarini takomillashtirishga bag‘ishlanadi.

To‘rtinchi komponent marketing vositalarini joriy qilish va rivojlantirishga, energiya samardorligi yuqori va past-uglerodli qishloq uylarining afzalliklari va foydalari haqida jamoatchilikni xabardorligini oshirishga yo‘naltirilgan.

Shunday qilib, ekologik-yashil-qurilish tamoyillaridan foydalangan holda qishloq uylarini qurishning sifat standartlariga yangicha yondashuv O‘zbekistondagi qishloq joylarda barqaror rivojlanish maqsadlariga yetishish yo‘lida yana bir qadamni tashlash imkonini beradi.

Kottedji po tipovim proyektam - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yoshlari yangi uylar bilan ta’minlanadi
"Respublika energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energetikani rivojlanitrish sohasida ulkan salohiyatga ega va bu salohiyatni yaxshilab o‘rganish va undan to‘g‘ri foydalanish darkordir. Shuning uchun, biz qo‘shma loyihamizni muvaffaqiyat bilan amalga oshirilishidan juda ham manfaatdormiz, jumladan, BMTTDdek hamkorimiz va milliy tashkilotlar bilan birgalikda energiya samaradorligini oshirish va qishloqlardagi qurilishlarda yanada ko‘proq energiya tejash masalalarini hayotga tatbiq etish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiramiz", — dedi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil oxirida prezident tomonidan 2017-2021 yillarda qishloq joylarida takomillashtirilgan namunaviy uylar loyihalari asosida arzon turar joylar qurish bo‘yicha yangilangan dastur qabul qilingan edi. Bu dastur energiyani ko‘proq tejashga va issiqxona gazlarini havoga chiqarilishini, atrof muhitga salbiy ta’sirni qisqartirishga qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0