Iqtisod

Tijorat banklari aholidan xorijiy valyuta sotib olish uchun naqd pul bilan taʼminlanadi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishProverka dollarov na podlinnost
Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy bank boshqaruvining "Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olishi uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" qarori tasdiqlandi

TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Markaziy bank tomonidan tijorat banklari fuqarolardan valyuta sotib olishi uchun zarur naqd pul mablagʻlari bilan taʼminlanadi. Bu haqda 12 avgust kuni Markaziy bankning tegishli qarori tasdiqlandi.

Snyatiye denejnыx sredstv v bankomate - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Milliy bank soʻm va dollar beruvchi 55ta bankomat oʻrnatadi

Tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali naqd chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat banklari filiallarini yetarli miqdorda naqd soʻm bilan taʼminlash maqsadida Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari tijorat banklari filiallariga madad pullari beradi.

Madad pullari Markaziy bankning hududiy boshqarmalari hisob-kitob-kassa markazi aylanma kassasidagi naqd pullar hisobidan beriladi.

Dengi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Qora bozorda" dollar narxi tushib ketmoqda
Ushbu madad pullari faqatgina tijorat banki filiallarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun ishlatiladi.

Jismoniy shaxslardan chet el valyutasini xarid qilish uchun soʻmda madad puli berish Oʻzbekiston Markaziy banki Respublika inkassatsiya xizmati joylardagi boshqarmalari (boʻlimlari) orqali tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, tijorat banklarining yozma buyurtmalari hamda Respublika Markaziy banki va uning joylardagi boshqarmalari farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.

Bank filiali rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri Markaziy bankning joylardagi boshqarmalaridan chet el valyutasini sotib olish uchun olingan madad pullarining butligini taʼminlash hamda maqsadli ishlatilishi boʻyicha masʼul hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala