Turizm

Moskvadan Buxoroga sayohat: Qoraqalpogʻiston va burgut bilan poyga

© SputnikPastux peregonyayet stado cherez dorogu
Pastux peregonyayet stado cherez dorogu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qoraqalpogʻiston choʻli ajoyib taassurot qoldiradi: kimsasiz kengliklar yam-yashil bogʻlar bilan almashadi, trassa uzra burgutlar charx uradi va odamlari juda mehmondoʻst

Anton Kurilkin

Oʻzga sayyoraga tashrif

Neytral hududdan Oʻzbekiston chegara punktiga oʻtar ekansan, oʻzingni xuddi oʻzga sayyoraga tushib qolgandek his etasan. Bojxona hududi ozoda, moʻʼjazgina maysazor yotqizilgan va daraxtlar ekilgan — sahroning mutlaqo aksi. Beton plitalardan bunyod etilgan tekis yoʻlga har soatda avtotsisterna suv sepadi.

Avtomobili na trasse - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Yoʻl boʻyidagi karvonsaroy, tirband bojxona yoxud Moskvadan Buxoroga sayohat

Bu yerda turistlarga juda yaxshi munosabatda boʻlishadi: menga koʻrinishidan oddiy, lekin aslida qiyinchilik tugʻdiradigan deklaratsiyani toʻldirishda yordam berishdi — yoningdagi barcha valyutalarni, zargarlik buyumlarini (hattoki kumush xochni ham) va gadjetlar — telefon, noutbuk, fotoapparat, pleyer — barcha-barchasini koʻrsatish shart. Shaxsiy buyumlarimni qoʻlda tekshirishmadi — shunchaki rentgen skaneridan oʻtkazishdi. Oddiy turist ekanligimni bilishgach, ortiqcha savol berishmadi.

Oʻn daqiqadan soʻng shtamp urilgan xorijga chiqish pasportimni ushlagancha doʻstlarimni kutardim. Ularning ham bojxonadan oʻtishi koʻpga choʻzilmadi, faqat ularning yuklarini sinchiklab tekshirishgani bois ozgina ushlanib qolishdi.

Chegarachilarning odamlarga boʻlgan eʼtibori va yaxshi munosabati ham hayratga soldi — yelkasiga avtomat osgan oddiy askarlar ham, ofitserlar ham yonimga bir necha marta kelishib nega bu yerda turganimni soʻrab, biror yordam kerak boʻlsa aytishim mumkinligini taklif qilishdi. Hammasi joyida ekanligini bilishgach, oʻz ishlari bilan band boʻlishdi.

Barchamiz jam boʻlgach, jaziramada ikki kunlik kutishlar, tuzuk-quruq ovqatlanmaslik va yuvinmaslik sababli holdan toyganimizni, ovqatlanib, dam olishimiz zarurligini tushundik.

Darvoza ortida bir nechta syurprizlar kutib turardi. Birinchidan, Oʻzbekiston tomonda uzun navbat yoʻq edi (darvoza oldida oʻntacha mashina turardi). Ikkinchidan, bundan yarim kilometr naridagi kabi axlat uyumi yoʻq edi.

Kazaxstanskaya step: verblyudы, kozы i beskrayniye prostorы - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Moskvadan Buxoroga sayohat: Qozogʻiston choʻlidagi mashaqqatli yoʻl

Ulugʻbekning aytishicha, oʻzbek chegarachilari hududdagi tartibni nazorat qilishadi. Mayda chiqindilar — boʻsh shisha, sigaret qutilari va qogʻozlarni yigʻishtirish uchun mehmonxona va kafe egalari javob berishadi.

Yarim tunga yaqin barcha chegara va bojxonalardan oʻtib restoran, kafe va mehmonxonadan iborat majmuaga yoʻl olamiz. Aytish kerakki, bu yerda turistlar koʻp emas, asosan oʻz mashinalarida yoʻlga chiqqanlar. Agarda bu yerga tunda kelib qolsangiz ovqat va yotoq topish muammo boʻlmaydi. Narxlari ham qoniqarli.

Qozogʻiston tomondagi kamtarona tamaddixonalardan soʻng katta stol, qulay stullar va konditsioner bilan jihozlangan bu restoran biz uchun poytaxtdagi eng yaxshi restoranlardan ham zoʻrroqdek tuyuldi, uygʻur lagʻmon va eson-omon oʻtib olganimiz uchun ichilgan "Karatau" arogʻi esa dunyodagi eng zoʻr ziyofat boʻldi.

Karvon ketib borar…

Ertalab, yaxshigina uxlab olganimizdan va "bayramona" ziyofatdan soʻng Nukusga yoʻl olishdan oldin choyxonalardan birida ovqatlanish va yonilgʻi quyish uchun toʻxtadik. Uning egasi — Ulugʻbekning eski tanishi bizni uzoq kutilgan mehmonlardek qarshi oldi.

© SputnikChoyxona egasi
Vladelets chayxanы - Sputnik Oʻzbekiston
Choyxona egasi

Qozogʻistondagi choyxonaning butkul aksi. Oʻzbekcha ruh darhol seziladi. Naqshinkor piyolalar va yoqimli hid taratayotgan issiq nonlar, palov, shoʻrva — hammasi joyida. Bu oʻtkinchi yoʻlovchilar uchun moʻljallangan plastik toʻsiqlardan iborat tamaddixona emas, balki mahalliy aholi ham jon deb tashrif buyuradigan toʻlaqonli muassasa edi.

© SputnikPiyola va nonlar
Piala i lepeshka - Sputnik Oʻzbekiston
Piyola va nonlar

Bahodirning aytishicha, keyingi mana shunday joy uch yuz kilometrdan keyin uchrarkan. Unga, bir necha yildan buyon shu yoʻnalishda qatnaydigan kishiga ishonish mumkin.

Uning hayot yoʻli qiziq: bundan deyarli oʻn ikki yil oldin Rossiyaga ishlagani kelgan. Quruvchilik, santexniklik qilgan. Muntazam ravishda aloqalari kengayib borgan, doimiy mijozlari paydo boʻlgan va mashinaga ehtiyoj tugʻilgan — kerakli materiallarni tashish, mijozlar orasida qatnash uchun oʻz mashinasi boʻlgani yaxshi.

Mana shu mashinada uyiga borib-kela boshlagan, hamyurtlari undan Rossiyada sotib olgan buyumlarini uylariga eltib berishini iltimos qila boshlashgan. Bahodir bir yilda bir necha marta yurtiga borib-keladi.

Xususiy yuklar bozorining hajmi katta: koʻplab mehnat migrantlari maishiy texnika yoki roʻzgʻorga zarur buyumlarni sotib olishga urinishadi, lekin ularni uylariga qanday joʻnatish borasida savol tugʻiladi.

Samolyot varianti noqulay: har bir kilo ortiqcha yoki katta oʻlchamli yuk uchun yaxshigina pul toʻlash kerak. Poyezd varianti yomonmas, lekin har doim ham emas. Faqat mashinasi bor tanishlar qoladi.

Yoʻlovchilar ham chiqib qoladi — mashinada ketish uzoq vaqtni olsa ham, samolyot yoki poyezdga nisbatan arzon tushadi. Ayniqsa zudlik bilan ketish kerak boʻlgan paytda narxdagi farq yaxshigina seziladi.

Ipak yoʻli boʻylab qatnagan karvonlar oʻrnini mana shunday texnika buyumlari yoki migrantlar bilan qatnaydigan avtokarvonlar egallagan.

Burgut bilan poyga

Ozgina dam olib va mashinani gaz bilan toʻldirgach, trassaga chiqamiz. Tez orada atrofda hech narsa yoʻqligini sezaman — uzoq-uzoqlarda simyogʻochlar koʻzga tashlanadi.

Manzara ikki soatcha oʻzgarmaydi, keyin birdan daraxtlar va ular orasidagi uylar koʻzga tashlanadi. Rostini aytsam, meni quyosh urib koʻzimga sarob koʻrinyapti deb oʻyladim.

Lekin unday emas ekan — daraxtlar ortida Qoraqalpoq sahrosi bagʻriga yashiringan moʻʼjaz qishloq bor ekan. U asosiy yoʻldan ancha narida joylashgan boʻlib, u yerga ensiz asfalt yoʻldan borilar ekan.

Yoʻlimizda davom etamiz va mashinamiz yonidan biz uzoqdan qargʻa deb oʻylagan burgut havoga koʻtariladi. U qanotlarini viqor bilan yozgancha yerdan bir metr balandlikda biz bilan poyga oʻynayotgandek parvoz qilib boradi.

© SputnikSahrodagi burgut
Ptitsa v stepi - Sputnik Oʻzbekiston
Sahrodagi burgut

 

U anchagina jasur chiqib qoldi — biz yoʻl boʻyi uchratgan boshqa burgutlar mashinadan uzoqroqda uchishni maʼqul koʻrgandi.

Qushlarning yoʻl yoqasida uchrashini ularning dangasaligi bilan izohlash mumkin, mashinalar gʻildiraklari ostida tez-tez mayda jonivorlar qolib ketadi va burgutlarning oʻljasiga aylanadi.

Oʻzbekistonning eng chekka qismidagi quruq iqlim va aholining siyrakligi bu yerdagi jonivorlarga oʻzlarini erkin his qilish imkonini beradi. Ular odamlardan qoʻrqishmaydi, balki xavfsirashadi. Oldimizni kesib oʻtgan tulki bir oz vaqt mashinamizni kuzatib turdi va biror qiziqroq narsa uloqtirmaganimizdan soʻng yoʻlida davom etdi.

© SputnikQoraqalpogʻiston sahrosidagi tulki
Lisa v stepi Karakalpakstana - Sputnik Oʻzbekiston
Qoraqalpogʻiston sahrosidagi tulki

Umuman olganda, turistlar Qoraqalpogʻistonga birgina mana shu yoʻlini koʻrish uchun kelishsa arziydi, chunki manzara judayam ajoyib. Buxoroga yoʻlimiz yaqinlashgani sari yoʻl boʻyida inson qoʻli bilan ekilgan daraxtlar koʻpayib bordi. Orol dengizi fojiasidan soʻng mintaqa aholisi sahroni hayotga qaytarish uchun tinimchiz harakat qilmoqda.

Yoʻl chetlarida baʼzi-baʼzida uchrab qoladigan pokrishkalardan boshqa chiqindi koʻrinmaydi. Qudratning aytishicha, bu yerlar axlat tashlanmaganligi uchun emas, balki tozalab turishgani uchun ozoda ekan — bir necha kunda bir trassa boʻylab axlat tashiydigan mashinalar harakatlanadi va chiqindilarni yigʻishtirib ketadi.

Yoʻl boʻyi bir marta toʻxtadik — tanish qora "Kaptiva"ni uchratib qoldik. Uning gʻildiragi yorilib ketgan ekan.

Haydovchilar gʻildirak almashtirishguncha shunday jazirama va sahroga qaramasdan uyiga qaytayotganidan xursand Ulugʻbek bilan gurunglashdik.

Biz tanlaydigan yoʻllar

Ulugʻbekning tan olishicha, bu uning avtomobildagi oxirgi safari ekan. Mabodo yana Moskvaga boradigan boʻlsa faqat samolyotda borarkan — bunday yoʻl yurishlar uchun yoshi oʻtibdi.

Kazaxstansko-uzbekskaya granitsa - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Moskvadan Buxoroga sayohat: chegarada yoxud chegarasiz sabr

U Rossiyada deyarli 15 yildan beri ishlab keladi, bu vaqt ichida boʻyoqchi va santexniklikdan boshlab tom yopuvchilikkacha boʻlgan ishlarni bajargan. Unga oxirgi ishi hammasidan ham koʻproq yoqibdi.

"Qishda sovuq, kun boʻyi qor tozalaysan. Yozda esa rohat. Tomga chiqib, pivo simirigancha ishingni qilasan, oftobda toblanasan. Asosiysi — ishni puxta bajarish. Hozir ishim qiyinlashgan — yoshim oʻtib qoldi, oʻzim bilan materiallarni olib chiqishga qiynalyapman. hattoki lift boʻlsa ham baribir charchab qolyapman", — deydi u uf tortgancha.

Mashina sozlangach, mini-karvon boʻlib yana yoʻlga tushamiz.

Kutilmaganda sahro tugaydi va biz anchagina qarovli hududga kirib kelamiz. Hamma joy yam-yashil: daraxtlar, oʻtlar va albatta bepoyon dalalar. Oqshomda navbatdagi AYOQShga kiramiz.

Qoraqalpogʻiston boʻylab butun sayohatim davomida yoʻl yoqasida birorta ham AYOQSH koʻrmadim — ularning barchasi yoʻldan ellik metr narida daraxtlar orasiga yashiringan va ularni koʻrish uchun eʼtibor talab qilinadi.

© SputnikQishloq yoʻli
Selskaya doroga v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Qishloq yoʻli

Mashina uchun gaz toʻldirish ehtiyoji Qoraqalpogʻistonning "yashil" qismiga yetib kelganimizda paydo boʻldi (darvoqe, sahroda atigi ikki dona yonilgʻi quyish shaxobchasiga koʻzim tushdi). Bahodir mashinasini toʻdirguncha biz atrofni aylandik. Bir oz vaqtga Rossiya qishlogʻiga borib qolgandek boʻldim: xuddi oʻsha kechki salqin, yashil tabiat va sigirlarning moʻrashi.

Tunda Nukusga yetdik va hamrohlarim taʼbiri bilan aytganda Buxoroga olib boradigan "prezident" trassasiga chiqdik. Qadimiy shaharga ertalab yetib boramiz.

Shaharni ilk bor koʻrganimdayoq minglab kilometr yoʻlni bekorga bosib kelmaganimni tushundim.

Yangiliklar lentasi
0