Denovda yirik to‘qimachilik fabrikasi qurilmoqda

Obuna bo‘lish
2018 yil 1 choragida ishga tushiriladigan fabrika 400 kishini ish bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilmoqda

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Denov tumanidagi "Shoxmoxkashshob" agrosanoat firmasi tomonidan tekstil fabrikasi qurilishi ishlari boshlandi. Bu haqda uzbekistan24.uz xabar qilmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 20 million dollar bo‘lib, shundan 12,5 millioni bank krediti bo‘lsa, qolgan 7,5 million dollari "Shoxmoxkashshob" agrosanoat firmasi tomonidan moliyalashtiriladi.

Tekstil fabrikasining yillik quvvati 6300 tonna ip-kalava ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

2018 yil 1 choragida ishga tushiriladigan fabrika 400 kishini ish bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0