Jamiyat

Toshkentda yongʻinni erta aniqlash tizimi paydo boʻldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishKuzatuv kamerasi
Kuzatuv kamerasi - Sputnik Oʻzbekiston
Poytaxtdagi eng baland imoratlar ustiga oʻrnatilgan, uzoqni koʻra oladigan maxsus kameralar yongʻinni imkon qadar ertaroq payqash imkonini beradi.

TOSHKENT, 27 avg — Sputnik. Toshkentda yongʻinni erta aniqlash zamonaviy tizimi joriy etildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Toshkent IIBning Yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi xodimi xabariga koʻra, yangi tizim bir oy oldin ishga tushirilgan boʻlib, ayni damda izchil sinovdan oʻtmoqda. Poytaxtdagi eng baland imoratlar ustiga oʻrnatilgan, uzoqni koʻra oladigan maxsus kameralar tunu kun yaqin atrofni kuzatib, yongʻinni imkon qadar ertaroq payqash imkonini beradi.

“Ayni damda biz uchta ana shunday kamera oʻrnatdik. Ulardan biri shahar yongʻin xavfsizligi binosi tomida, yana ikkitasi esa “Paxtakor” metrosi yaqinidagi eski teleminorada oʻrnatilgan. Kameralar oʻrnatilganidan keyin biz uchta yongʻinni erta bosqichida aniqlashga muvaffaq boʻldik. Ulardan ayrimlarini biz hatto dispetcher xizmatiga qoʻngʻiroq boʻlmasdan aniqlashga muvaffaq boʻldik. Ushbu nuqtai nazardan yangi tizim oʻzini toʻliq oqladi va yongʻin xavfsizligini saqlashda idjobiy natijalar koʻrsatmoqdayu” – dedi muassa vakili.

Mutaxassis Toshkentda yana uchta shunday kamera oʻrnatilishi rejalashtirilayotganini xabar qildi. Uning aytishiga qaraganda ulardan biri “Chimyon” magazini oldidagi koʻp qavatli uylardan birining tomida, ikkinchisi Yunusoboddagi teleminorada va uchinchisi – Uchtepa tumani hokimiyati oldida paydo boʻlar ekan.

Pal suxoy travы - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda bir kunda 11ta yongʻin bartaraf qilindi

Shunday qilib, yangi tizim mikoniyati bir necha barobar oshar ekan. Manbaa aytishiga qaraganda ushbu tizim “Xavfsiz  shahar” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda va bundan buyon shaharda ana shunday kameralar soni oshib boradi.

“Yongʻin aniqlanganidan soʻng, xavf darajasiga qarab, biz FV yuz bergan hududga bir necha oʻt oʻchiruv  jamoalarini yuboramiz. Barcha harakatlar markaziy dispetcherlik punkti orqali nazorat qilib turiladi. Yongʻin yuz bergan joy xaritada belgilab olinadi. Bunday ish tizimi favqulodda vaziyatlarda yongʻin xavfsizligi xizmatining tezkorligini, harakatchanligi va yongʻinga qarshi kurashish imkoniyatini  oshiradi”, — dedi suhbatdosh.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda poytaxtda 20ga yaqin oʻt oʻchiruvchi jamoalar bor. U yerda texnikaning umumiy soni 200 taga yaqinlashadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala