Jamiyat

Islom Karimovning soʻnggi onlari qanday oʻtgani haqida u kishining yonida boʻlgan inson hikoyasi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishOʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov
Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
"Oʻsha lahzalarda yuraklarni qamrab olgan hissiyotlarni, atrofni chulgʻab olgan taʼsirli va farishtali ruhiyatni tasvirlashga til ojiz. Men bu marosimni televideniye orqali ham olib uzatishganini koʻrdim, biroq birorta ham kamera oʻsha lahzalarning nihoyatda goʻzal kuchini toʻliqlicha tasvirlab berishga qodir emas."

TOSHKENT, 27 avg — Sputnik. Lola Karimovaning Facebookdagi sahifasida Oʻzbekiston birinchi prezidentining soʻnggi onlari qanday oʻtgani haqidagi batafsil hikoya paydo boʻldi. U Lola Karimovaning yaqin dugonasi, Oʻzbekistonning YUNESKOdagi vakili Oqila Toirova tomonidan yozilgan. Qoʻyida ushbu hikoyani toʻlaligicha keltiramiz.

"Men uchun juda shaxsiy boʻlgan ushbu hikoyani sizga havola etmoqchiman, chunki bir yil avval aynan shu kunda barcha oʻzbekistonliklarga taʼsir etgan, otamning sogʻliqlari bilan bogʻliq qaygʻuli voqealar boshlangan edi", — deb boshlangan Lola Karimovaning posti.

Men padari buzrukvorim, Oʻzbekistonning birinchi prezidenti hayotlarining soʻnggi kunlari tafsilotlari bilan boʻlishmoqchiman. Bu xotiralar mana 20 yildan ortiqroq vaqt davomida menga qadrdon boʻlgan inson tomonidan yozilgan. Oʻsha ogʻir kunlar, men tamomila qaygʻuga botgan damlarda, dugonam otam hayotlarining soʻnggi kunlari tafsilotlari bizlar uchun keyinchalik katta ahamiyatga ega boʻlishini anglab qogʻozga tushirgan edi.

Kapelnitsa - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Islom Karimov miyaga qon quyilishi oqibatida reanimatsiyaga yotqizildi

Bu uning hikoyasi:

“Prezidentimiz bilan ularning hayotliklarida uchrashib, suhbatlashishga muvaffaq boʻlmaganman. U kishini talabalik davrimda – 90-chi yillarning oʻrtalarida sport musobaqalarining ochilish marosimlarida bir-ikki marotaba uzoqdan koʻrganman.

Ammo, Xudoning xohish va irodasi bilan, ularning hayotlarini soʻnggi soatlarida yonlarida boʻlish menga nasib etgan.

To 31 avgust oqshomiga qadar ularning hayotlarini saqlab qolish mumkin degan umid uchquni barchamizning yuragimizda bor edi. Biroq, umid yoʻqligi ayon boʻlgach, men shunday ogʻir kunlarda oʻz yaqin dugonamning yonida boʻlish hamda unga dalda berish uchun 1 sentyabr kuni Toshkentga uchib keldim. Boʻlib oʻtgan voqealar menga shu qadar qattiq taʼsir koʻrsatdiki, men Parijdan bir inson boʻlib ketib, tamomila boshqa inson boʻlib qaytdim.

Men Toshkentga payshanba 1 sentyabr kuni kechga tomon yetib keldim va 2 sentyabr kuni ertalab kasalxonaga yoʻl oldim. Prezidentimizning rafiqalari, qizlari Lola va Lolaning toʻngʻich qizi Maryam mana bir necha kundirki kasalxonada ularning oldilaridan bir zum ham ketmasdan turar edilar.

2 sentyabr tonggi soat 9da Oʻzbekistonning ommaviy axborot vositalari orqali prezidentimizning ahvollari ogʻirlashgani haqida xabar berildi. (Shu oʻrinda aytib oʻtmoqchi edimki, prezidentning oila aʼzolari xalqni yurtboshimiz sogʻligʻidan bevosita xabardor qilib borish kerakligini qatʼiyan taʼkidlashdi, va aynan ularning iltimoslariga koʻra yurtboshimiz vafotining sabablarini koʻrsatuvchi tibbiy xulosa eʼlon qilindi). 

OʻzBekiston Prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident apparati: Islom Karimov stabil holda

Lola menga 2 sentyabr ertalab soat 8larda qoʻngʻiroq qildi hamda otasining ahvoli keskin yomonlashgani va umrlarining 2-3 soati qolgan boʻlishi mumkunligi haqida xabar berdi.
Men kasalxonaga yetib kelganimda ularning isitmalari baland edi. Shunda zudlik bilan “Yosin” surasini oʻqish uchun qorilar chaqirtirildi. Ozgina vaqtdan soʻng Anvar qori Minor masjidining boshqa bir necha qorilari bilan birgalikda yetib kelishdi. Bilmadim, bu tasodifmi yoki yoʻq, ammo qorilar “Yosin” surasini oʻqishni boshlashligi zahoti yurtboshimizning tana haroratlari 36.5 ga pasaydi.

Keyingi 12 soat mobaynida Qurʼoni Karimning suralari nihoyatda chiroyli va toʻxtovsiz ravishda butun kasalxona boʻlimi boʻylab yangradi. 

Prezidentimiz umrlarining soʻnggi 12 soati davomida men ular yotgan palatada boʻldim. Qizlari Lola, Tatyana Akbarovna, Maryam va men ularning yonlarida oʻtirib, tavhid kalimasi, salovotlar oʻqib, Ollohning ismlarini zikr qilib oʻtirdik. Yonimizdagi qoʻshni xonada qorilar oʻtirishar (ular katta darchadan Prezidentimizni koʻrishlari mumkin edi) va baland hamda viqorli ovoz bilan Qurʼon suralarini tilovat qilishar edi. Lola otasining oldidan ketmas, tez-tez ularning lablarini suv bilan xoʻllab turardi. Oila aʼzolari koʻzlarida yosh bilan yurtboshimizdan rozi-rizolik soʻrashar edi. Kasalxonada deyarli hamma koʻz yoshi toʻkishar, Qurʼon tilovat qilayotgan Qorilarning ham ovozlari vaqti-vaqti bilan yigʻi tufayli uzilib qolardi.

Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov ogʻir ahvolda

Oʻsha onlarda prezidentimizning ruhlari bizni his qilayotgandek edi nazarimda. Ularning yuzlari jiddiy tus olgan, misoli Qurʼonni diqqat bilan tinglayotgandek hamda har safar oldilariga qizlari Lola kelib gaplashganda, uni sezayotgandek edilar. 

Vaziyat har qancha ogʻir boʻlmasin, boshqa umid yoʻqligi maʼlum boʻlgach, janoza marosimini rejalashtirish kerak edi. Oʻzingiz bilasiz, Oʻzbekistonda bunga oʻxshash voqea hali yuz bermagan edi. Dafn marosimi Prezidentning oilasi tomonidan ishlab chiqildi: qayerdan chiqarish, qayerga olib borish, Registon, Tillakori.

Lola boshidanoq dafn marosimi musulmon urf-odatlariga katʼiy rioya qilgan holda boʻlishi hamda yurtboshimizning vasiyatlariga muvofiq ularni onalari uyidan chiqarishni va tugʻilib oʻsgan Samarqand shahrida dafn etilishlarini aytdi. Prezident Islom Karimov bir necha yil avval oʻz rafiqalari bilan Samarqand shahrini ziyorat qilganlarida Hazrat Xizr masjidi yonidagi joyni koʻrsatib, ularni aynan shu masjid oldida dafn etishlarini vasiyat qilgan ekanlar. Ularning oila aʼzolari barcha marosimlarni Islom urf-odatlariga muvofiq bajarilishiga katta eʼtibor berdilar, hamda har bir masalada Anvar qori bilan maslahatlashdilar. Musulmon odatlariga binoan, ayol kishilar janozada ishtirok etmaydilar. Shu sababli, Lola imomdan oʻz onasi va yana 3 ayol tobut ketidan to janoza boshlanguncha Registonga borishi mumkinmi deb soʻradi. Anvar qori bu musulmonlik qoidalariga zid emasligini, faqat janoza oʻqilayotgan vaqtda ayol kishilar xonaning ichida boʻlishi kerakligini aytdilar.

Kechki soat 21:00ga yaqin Olloh yurtboshimizning jonlarini oldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Islom Karimov vafot etdi

Biz ular bilan vidolashish uchun palatalariga kirdik, shu on Anvar qori va ularning ikkita shogirdlari ham xonaga kirishdi. Ular qoʻllarida bir quchoq rayhonni ushlab turishar edi. Shunda Lola qoridan, bu shunday odatmi, deb soʻradi. Uning savoliga javoban Anvar qori, marhumni ularning sevimli gullari bilan yopmoqchi ekanliklarini aytdilar. Shundan soʻng prezidentimizni oq mato bilan yopishdi, hamda Anvar qori, ularing shogirdlari va Lola marhum boshining tepasi, yelka, qoʻllarining ustiga rayhon gullarini qoʻyishdi va prezidentimiz tamomila rayhon gullariga burkandilar. Men ham bitta rayhon gulini soʻrab oldim va uni prezidentimizning oyoq tomonlariga qoʻydim. Shundan soʻng barchamiz oʻtirdik. Butun xona rayhon iforiga va Qurʼon tilovotlarining yoqimli ovoziga toʻldi. Bu juda ham taʼsirli onlar boʻlib, ham xonada, ham kishi koʻnglida ravshanlik va yorugʻlik hukm surardi.
Keyinchalik Anvar qori menga marhumning boshi ustida Qurʼonni to erta tonggacha oʻqib chiqishganini aytdilar.

Tunggi 12larga yaqin men kasalxonadan uyga qaytdim. Ertalab biz Samarqandga yoʻl olishimiz kerak edi.

Men rasmiy kortejni kuzatuvchilar qatorida emas edim. Samolyotda prezident tobutini kutib olish uchun aeroportga ertaroq, tonggi 5larga yetib bordim. Bu vaqtga qadar Toshkent koʻchalari odamlar bilan toʻlgan, koʻpchilik yigʻlar hamda prezidentimizni soʻnggi manzilga kuzatish uchun kutib turishar edi.

Biz Samarqandga soat 8larga yetib bordik va mashinada yurtboshimiz tugʻilib, voyaga yetgan uyga yoʻl oldik.

Samarqand, Shohi Zinda majmuasi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Islom Karimov 3 sentyabr kuni Samarqandda dafn etiladi

Odamlarning tugalmas qatorlarini koʻrish juda ham taʼsirli edi: Prezidentimizga izzat-ikrom koʻrsatib, ayollar oppoq roʻmol va och rangli koʻylaklar, erkaklar esa doʻppi va saranjom kiyimlar kiyishgan edi.

Samarqandliklar, 60 yildan soʻng oʻz ona shahriga butunlay qaytgan oʻz shahrining oʻgʻloni bilan vidolashib, koʻzlarida yosh bilan turishar edi. 

Azim Registon maydonining yonida joylashgan, yurtboshimizning bolaligi oʻtgan kichik hovlili uyda yuvish marosimi boʻlib oʻtdi.

Shundan soʻng barchamiz uydan Registon tomon piyoda yoʻl oldik. Atrof olomon bilan toʻlgan, shahar boʻylab odamlar yigʻisi eshitilar edi. Bu juda ham ogʻir damlar edi. Lola onasi bilan tobutning ketidan yurishar, biz esa ularning ortidan bir necha qadam orqada ketar edik. Tobutni olib borish vaqtida kishilar tobutga tegishga va uni qoʻlma-qoʻl koʻtarishga harakat qilishar edi. Men oʻsha onlar, odamlarning haqiqiy ayriliq dardi va motamsaro koʻz yoshlari guvohi boʻldim. Atrofda yorugʻlik va iliqlik ruhi hukmron edi.

Registon maydoniga yetib borganimizda biz ayollar Tillakori madrasasining ichiga kirdik. Soʻng esa butun Registon boʻylab “Yosin”, “Fotiha”, “Baqara” va Muqaddas Qurʼonning boshqa suralari yangradi. Prezidentning oilasi iltimosiga binoan Qurʼoni Karim Registon maydonida chamasi 40 daqiqa davomida oʻqildi.

Shohi Zinda. Samarqand - Sputnik Oʻzbekiston
Islom Karimov tugʻilib-oʻsgan xonadonda motam marosimi boʻlib oʻtdi

Oʻsha lahzalarda yuraklarni qamrab olgan hissiyotlarni, atrofni chulgʻab olgan taʼsirli va farishtali ruhiyatni tasvirlashga til ojiz. Men bu marosimni televideniye orqali ham olib uzatishganini koʻrdim, biroq birorta ham kamera oʻsha lahzalarning nihoyatda goʻzal kuchini toʻliqlicha tasvirlab berishga qodir emas. Keyin janoza namozi boshlandi, soʻngra tobutni Registondan olib chiqib keta boshlashdi.

Biz madrasadan chiqa olmas edik, va tobut uzoqlashayotganini koʻrib, koʻz yoshlar bilan vidolashuv soʻzlarini ayta boshladik. Tobut tobora uzoqlashib borar, biz esa uni koʻzdan qochirmaslik uchun qoʻshni oynaga yugurib borar edik. Tobut maydondan tashqariga chiqib ketayotganda butun Registon boʻylab ona vatanimizning mustaqilligi ramzi, Oʻzbekiston madhiyasi yangradi.
Birinchi prezidentimizni ularning vasiyatlariga binoan Hazrat Xizr masjidi yoniga dafn etishgandan soʻng, Samarqandning forumlar majmuasida rasmiy xotira marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Oʻzbekiston hukumati aʼzolari, xorijiy davlatlar rahbarlari hamda diplomatik korpus vakillari ishtirok etdilar.

Jamiyat
Islom Karimov musulmonchilik urf-odatlariga koʻra dafn etildi

Kechroq, Lola, Tatyana Akbarovna va yana bir necha ayollar prezidentimizning qabrlarini ziyorat qildik. Qurʼon tilovat qilindi. Yurtboshimiz qabrlari qoʻyilgan joy tepalikda joylashgan. U yerdan koʻhna Samarqand shahriga misli kaftagidek manzara ochiladi. Prezidentning oila aʼzolari soʻzlariga koʻra, bolalik davrlarida Islom Karimov bu yerda koʻp vaqt oʻtkazgan ekanlar, tengdosh bolalar bilan qadimgi shahar harobalari boʻylab yugurib yurgan ekanlar.

Prezidentimiz oʻsha onlar shunday buyuk hayot yoʻlini bosib oʻtishlarini bilganmikanlar? Oʻsha damlar, aynan shu, ularning bolalik davrlariga guvoh boʻlgan tepalik, vaqti kelib, mangu yotadigan maskanlari boʻlib qolishini sezganmikanlar?”

Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti hayotining soʻnggi kunlariga oid ushbu tafsilotlar Oqila Toirova tomonidan yozilgan."

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala