Turizm

Oʻzbekiston sayyohlik salohiyati BMT eʼtiborida

Oʻzbekistonga BMT Butunjahon sayyohlik tashkilotining (UNWTO) Bosh kotibi Taleb Rifai tashrif buyurdi

TOSHKENT, 27 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar mahkamasi matbuot-xizmati xabariga koʻra, 27-avgust kuni Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan "Markaziy Osiyo uygʻonish davrining dunyo tamadduni tarixidagi oʻrni" nomli xalqaro konferentsiyada ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurgan BMT Butunjahon sayyohlik tashkilotining (UNWTO) Bosh kotibi Taleb Rifai bilan uchrashgan.

Buxoro shahridagi sayyohlar - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston tarixida birinchi marta erkin sayyohlik zonasi yaratiladi
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston bilan UNWTO oʻrtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va ularni chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan. Oʻzbekiston mazkur tashkilot faoliyatida 1993-yildan buyon ishtirok etadi, deb eslatib oʻtilgan xabarda.

Oʻzbekiston tashabbusiga koʻra UNWTO doirasida mintaqada turizmni rivojlanishini ragʻbatlantirgan qator hujjatlar — "Buyuk ipak yoʻlida turizmni rivojlantirish toʻgʻrisida Samarqand deklaratsiyasi" (1995-yil), "Turizm va madaniy merosni saqlab qolish boʻyicha Xiva deklaratsiyasi" (1999-yil), "Ipak yoʻli boʻylab turizm boʻyicha Buxoro deklaratsiyasi" (2002-yil) qabul qilingan.

"Uchrashuvda oʻzbek xalqining boy tarixiy, meʼmoriy, madaniy merosi asosida hamkorlikning mavjud salohiyatlarini bosqichma-bosqich amalga oshirishga ikki tomonda ham qiziqish borligi qayd etildi", — deyiladi xabarda.

Muloqot davomida UNWTO huzurida Markaziy Osiyo boʻyicha Mintaqaviy komissiyani tashkil etish masalalari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa mavzular muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala