Siyosat

Mirziyoyev 27 avgust kuni Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni Islom Karimov qabrini ziyorat qildi - Sputnik Oʻzbekiston
Islom Karimov dafn etilgan maqbara peshtoqi va unga tutash ayvon milliy naqshlar asosida bezatilib, unga Qurʼoni Karim oyatlari bilan birga marhum prezidentning hikmatli soʻzlari bitilgan

TOSHKENT, 27 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif uyushtirdi, deb xabar qilindi Oʻzbekiston prezidenti rasmiy saytida.

Xabarga koʻra, Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini Hazrati Xizr majmuasidagi Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshlagan.

Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Islom Karimovning soʻnggi onlari qanday oʻtgani haqida u kishining yonida boʻlgan inson hikoyasi
Mirziyoyev Islom Abdugʻaniyevich qabriga gul qoʻyib, hurmat bajo keltirdi, Qurʼon tilovat qilinib oʻtganlar xotirasi yod etildi, deb qayd etilgan xabarda.

Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishgan.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqanddagi Hazrati Xizr majmuasida juda katta hajmdagi qurilish, hududni obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Majmua loyihasi takomillashtirilib, maqbara granit va marmar bilan qoplangan. Maqbara peshtoqi va unga tutash ayvon milliy naqshlar asosida bezatilib, unga Qurʼoni Karim oyatlari bilan birga Islom Karimovning hikmatli soʻzlari bitilgan.

Mirziyoyev majmuada olib borilayotgan ishlarni mantiqiy yakuniga yetkazish, ziyoratchilarga tegishli sharoitlar yaratish, unga yondosh qabristonni obod qilish boʻyicha oʻz tavsiyalarini bergan.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana2017 yil 27 avgust. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
2017 yil 27 avgust. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Islom Karimov qabrini ziyorat qildi - Sputnik Oʻzbekiston
2017 yil 27 avgust. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala