Mirziyoyev 27-avgust kuni Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni Islom Karimov qabrini ziyorat qildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Karimov dafn etilgan maqbara peshtoqi va unga tutash ayvon milliy naqshlar asosida bezatilib, unga Qur’oni Karim oyatlari bilan birga marhum prezidentning hikmatli so‘zlari bitilgan

TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif uyushtirdi, deb xabar qilindi O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida.

Xabarga ko‘ra, Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini Hazrati Xizr majmuasidagi O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshlagan.

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimovning so‘nggi onlari qanday o‘tgani haqida u kishining yonida bo‘lgan inson hikoyasi
Mirziyoyev Islom Abdug‘aniyevich qabriga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdi, Qur’on tilovat qilinib o‘tganlar xotirasi yod etildi, deb qayd etilgan xabarda.

Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqanddagi Hazrati Xizr majmuasida juda katta hajmdagi qurilish, hududni obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Majmua loyihasi takomillashtirilib, maqbara granit va marmar bilan qoplangan. Maqbara peshtoqi va unga tutash ayvon milliy naqshlar asosida bezatilib, unga Qur’oni Karim oyatlari bilan birga Islom Karimovning hikmatli so‘zlari bitilgan.

Mirziyoyev majmuada olib borilayotgan ishlarni mantiqiy yakuniga yetkazish, ziyoratchilarga tegishli sharoitlar yaratish, unga yondosh qabristonni obod qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bergan.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana2017 yil 27-avgust. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
2017 yil 27-avgust. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Islom Karimov qabrini ziyorat qildi - Sputnik O‘zbekiston
2017 yil 27-avgust. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0