Toshkentda motosikl ishtirokida fojeali YTH sodir bo‘ldi

© Armani ZolotoyMotosikl ishtirokidagi mudhish YTH
Motosikl ishtirokidagi mudhish YTH - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Xonda” rusumli sport motosikli katta tezlikda burilayotgan yuk mashinasiga borib urilgan. Oqibatda motosikl bo‘lak-bo‘lak bo‘lib ketgan.

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Kecha tushdan keyin, soat 3lar atrofida  Maxtumquli ko‘chasining yangi qurilgan qismida mudhish YTH sodir bo‘ldi.

“Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari xabariga ko‘ra,  yo‘lning chap qatoridan ketayotgan “Xonda” rusumli sport motosikli katta tezlikda burilayotgan yuk mashinasiga borib urilgan. Oqibatda motosikl bo‘lak-bo‘lak bo‘lib ketgan. Motosikl haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olgan va kasalxonada vafot etgan.

Facebookda ko‘pchillik motosikl haydovchisi  yaqinlariga hamdardlik bildirmoqda.

Ayni damda, YTH sabablari huquqni saqlash organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0