Qashqadaryo viloyatida za’faron plantatsiyalari tashkil qilindi

© DarakchiPlantatsii shafrana
Plantatsii shafrana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan bir necha oy oldin, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga bo‘lgan tashrifi davomida mutaxassislarga za’faron kabi o‘simliklar plantatsiyalari sonini ko‘paytirishni maslahat bergan edi.

TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekiston o‘rmonchilik qo‘mitasi Brand Investment Group qo‘mitasi bilan birgalikda za’faron (shafran) plantatsiyalari tashkil qilishni boshladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston hukumati matbuot xizmati.

“Za’faron issiqlikni va kuchli yorug‘likni yaxshi ko‘radi. Ushbu o‘simlik O‘zbekiston yer va iqlimiy sharoitiga juda mos keladi. Uni Farg‘ona vodiysida, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarida yetishtirish mumkin. Za’faronning sanoat miqdorda ishlab chiqarish agrotexnikasi o‘zlashtirib olinsa va sohaga fermerlar taklif qilinsa, kelajakda samarali sohaga asos solish mumkin bo‘ladi”, — deb hisoblaydi qo‘mitasning bosh mutaxassisi Mansurbek Satimboyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ekinning har bir gektaridan yiliga 4 kilogrammgacha qimmatbaho xom ashyo olish mumkin, ikkinchi yili – 7-8 kg va keyingi yillarda esa – 15-16 kg. Jahon bozorida za’faronning bir kilosi 400-1000 dollarni tashkil qiladi. Za’faron gullari narxi esa kilosiga 2500 – 5000 dollargacha yetadi.

Pervosveti raspustilis v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda shafran plantatsiyalari tashkil etiladi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga bo‘lgan tashrifi davomida mutaxassislarga za’faron kabi o‘simliklar plantatsiyalari sonini ko‘paytirishni maslahat bergan edi.

Za’faron – bu quritilgan za’faron gullaridan tayyorlangan ziravor bo‘lib u xalq tabobatida va ovqatni xushbo‘y va xushta’m qilish uchun ishlatiladi. Qadim zamonlardan buyon u eng qimmat ziravorlardan biri hisoblanadi, chunki bir kg tayyor mahsulot olish uchun 200 mingta gul barglari kerak bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0