Sukerberg yana bir qizli bo‘ldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishFacebook asoschisi M.Sukerberg
Facebook asoschisi M.Sukerberg - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i asoschisi qiziga Avgusta deb ism qo‘ydi

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Jahondagi eng yirik ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerberg ikkinchi farzandi dunyoga kelgani haqida xabar berdi, deb yozadi RIA Novosti.

Facebook asoschisi M.Sukerberg. - Sputnik O‘zbekiston
Facebook asoschisi o‘z uyi uchun sun’iy ong yaratadi
"Azizam Avgusta, bu dunyoga xush kelibsan! Oyijoning va men sening kim bo‘lishingni intizorlik bilan kutmoqdamiz", — deb yozgan Sukerberg o‘zi asos solgan ijtimoiy tarmoqda.

Ilgariroq Sukerberg qizi dunyoga kelgach, ikki oy dekret ta’tilini olishi haqida ma’lum qilgan va Facebook rahbariyati baxtiyor ota-onaga to‘rt oy dekret ta’tilini taqdim etganini ta’kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Mark Sukerberg — 33 yoshli biznesmen, Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi. Garvard universitetida ikkinchi kursdaligida Sukerberg o‘qishni tashlagan va to‘liq o‘z biznesi bilan shug‘ullanishni boshlagan. 2017-yilning birinchi yarim yilligida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni 2,01 milliardga yetgan.

2012 yilda u Prissilla Changa uylangan, 2015-yilning dekabrida juftlik ilk bor ota-onalik baxtiga muyassar bo‘lishgan. Birinchi qizlarining ismi Maksima.

Yangiliklar lentasi
0