Para-kanoe bo‘yicha jahon chempionatida Shaxnoza Mirzayeva kumush medal oldi

Obuna bo‘lish
Ushbu yilning sentabr oyida Samarqand shahrida Osiyo Kubogi bo‘yicha para-kanoe chempionati bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Chexiyaning Rasitse shahrida 23-27 avgust kunlari para-kanoe bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatida o‘zbekistonlik sportchi kumush medal sohibi bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston paralimpiya uyushmasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, chempionatda ayollar o‘rtasida kechgan bahslarda ishtirok etgan Shaxnoza Mirzayeva O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan.

Belgilangan 200 metr masofani 51.778 natijasi bilan bosib o‘tib, faxrli 2-o‘rinni egallagan va kumush medali sohibasiga bo‘lgan. Shiddatli kechgan bahslarda 1-o‘rin avstraliyalik sportchi Amanda Reynolds (50.344) ga nasib etgan bo‘lsa, 3-o‘rinni Ruminiyalik sportchi Mixayella Lulea (52.033) egalladi.

Endi O‘zbekistonlik para-kanoechilar joriy yil sentabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Osiyo Kubogiga qizg‘in hozirlik ko‘radi.

Yangiliklar lentasi
0