Turizm

Moskvadan Buxoroga sayohat: ertak-shahar, obidalar shahri

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qadim shahar sirlari, takrorlanmas oʻzbekona mehmondoʻstlik, turistik tashvishlar va albatta jonli tarix qarshisidagi hayrat -Sputnik Oʻzbekiston muxbirining Buxoro shahriga bagʻishlangan reportaji

Anton Kurilkin

Mehmondoʻstlik udumi

Ertalab Ulugʻbekning Karim ismli doʻsti yashaydigan Buxorodagi qishloqlardan biriga kirib boramiz — unga Moskvadan olib kelingan sovgʻa-salomlarni berishimiz kerak. Shunchaki sovgʻani berib yoʻlga tushishning iloji boʻlmadi — Karim bizni nonushtasiz qoʻyib yubormasligini aytib oyoq tirab turib oldi.

Aynan mana shu uydagi ziyofatdan oldindan tayyorlanmagan turistning chidamliligi sinovi boshlanadi — oʻzbekona mehmondoʻstlik. Sutli issiq non va choy bilan mehmon qilganidan soʻng Karim mehmonlarga ketishga ijozat berdi.

Yoʻlimizda davom etamiz, manzilimizga judayam yaqin qoldi. Yoʻlda turli mashinalarga koʻzimiz tushadi — yangi "Shevrole"lardan tortib eski "ZIL"largacha. Bahodirning aytishicha, hattoki juda eski mashinalarni ham mahalliy ustalar zamonaviylashtirib tashlashadi — avtomobil dizel emas, gazda ishlashi uchun yangi yonilgʻi tizimini oʻrnatishadi.

Avtomobili na trasse - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Yoʻl boʻyidagi karvonsaroy, tirband bojxona yoxud Moskvadan Buxoroga sayohat

Ibn Sino nomidagi ulkan majmua — muzey va tibbiyot kollejiga kirdik. Afsonaviy olim tavallud topgan joyda oʻsha davr inshootlari saqlanib qolmagan, lekin muzeyning alohida binosi qadimiy osori-atiqalar saqlanadi va boʻlajak shifokorlar bu meros bilan tanishishlari mumkin.

Nihoyat, Buxoro shahriga kirib kelamiz. Bir necha kunlik yoʻldan soʻng dam olish va atrofdagi goʻzallikdan bahra olish mumkin boʻlgan ertakmonand va shinam shaharga tushib qoldik.

Bahodirning uyi ostonasidan hatlab ichkariga kirishimiz bilan bizni tushlikka taklif qilishdi. Ertalabki nonushtadan keyin qornim toʻq boʻlsa-da, rad etmadim — aks holda mezbonlar xafa boʻlishadi. Buning ustiga, totli is taratib oʻziga chorlab turgan mazali taomdan voz kechishning imkoni yoʻq.

© Sputnik /Anton KurilkinBuxoro koʻchalari
Na ulitsax Buxarы - Sputnik Oʻzbekiston
Buxoro koʻchalari

Vaqt astagina peshindan ham oʻtdi va uxlab olish uchun imkoniyat tugʻildi. Oʻzbekistonda Ispaniya yoki Italiyadagi kabi "siyesta" atamasi (tushdan soʻng uxlab olish) yoʻq boʻlsa ham, jazirama paytida shahar oʻziga xos uyquga choʻmadi. Oftob qizdirib turgan paytda Rossiyaning oʻrta mintaqasidan kelgan bu iqlimga oʻrganmagan turist uchun sayr qilish ogʻir, shu bois sayrni kechki paytga qoldirdik.

© Sputnik /Anton KurilkinBuxorodagi koʻchada mors sotayotgan sotuvchi
Prodavets morsa na ulitse v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston
Buxorodagi koʻchada mors sotayotgan sotuvchi

Biroq tushlik qilib boʻlganimizdan keyin kechki sayr bekor qilindi — biz mashinada yoʻl-yoʻlakay shaharni tomosha qilgancha Ulugʻbeklarnikiga otlandik. Yana bir necha soat ziyofat boʻldi. Faqat ertaga shaharni koʻrishimiz va qaytishga bilet olishimiz kerakligini bot-bot aytganimizdan keyingina mezbon bizlarga istamaygina javob berdi. Agarda tigʻiz jadvalim boʻlmaganida bu yerda tungacha gaplashib oʻtirishimiz mumkin edi.

Avvalo tartib muhim

Ziyofat oʻz yoʻliga, lekin mamlakatda boʻlish tartibini hech kim bekor qilmagan. Oʻzbekistonga kelgan turist Ichki ishlar vazirligi boʻlimlarida roʻyxatdan oʻtishlari shart va mehmonxonalarda bu ish bilan mehmonxona xodimlari shugʻullanishsa, menga ushbu jarayondan oʻzim oʻtishimga toʻgʻri keldi.

Umuman olganda, bu qiyinchilik tugʻdirmaydi — pasport stolidagi mayor qanday hujjatlar kerak boʻlishini obdon tushuntirdi, kechga borib esa shtamp bosilgan pasportimni oldim. Toʻgʻri, boj toʻlovini toʻlash uchun bankka borib-kelishimga toʻgʻri keldi.

Gapning poʻstkallasini aytganda, boj toʻlovi — turistlar uchun eng asosiy muammo. Uning miqdori nisbatan oz — besh AQSH dollari, lekin bu pulni rasman bankda almashtirish, keyin esa yigʻimni kvitantsiya boʻyicha soʻmda toʻlash kerak.

Kazaxstansko-uzbekskaya granitsa - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Moskvadan Buxoroga sayohat: chegarada yoxud chegarasiz sabr

Xorijlik sayyohlar uchun bunday holatlarni solishtirish sayohatdagi eng qiziq narsalardan biri va boshqa mamlakatlardagi odamlar qanday yashashayotgani haqida tushunchaga ega boʻlasan.

Rossiya banklaridan farqli oʻlaroq, Oʻzbekistondagi banklarda xavfsizlik choralari ancha jiddiy — eshik oldida militsionerlar yoki qoʻriqlash xizmati xodimlari turishadi. Ular xavfsizlikni nazorat qilishdan tashqari, odamlarga qaysi tomonga, qaysi yoʻldan yurish mumkinligini ham tushuntirib turishadi.

Roʻyxatga olish jarayoni hammasi boʻlib bir soatdan ozroq vaqtni oldi, ushbu masala bilan shugʻullanayotgan militsiya xodimi esa mamlakatda boʻlish muddatimni yana ikki kunga uzaytirib olishimni maslahat berdi. Har ehtimolga qarshi, mabodo bilet sotib olishning imkoni boʻlmay qolsa yoki vaqtida ucholmay qolsam asqotarkan. Keyinroq maʼlum boʻlishicha, uning maslahatlari bejiz emas ekan.

Oʻtmishga sayohat

Barcha rasmiyatchiliklarni hal qilgach, diqqatga sazovor maskanlarni koʻrishga yoʻl oldik. Mislsiz darajada koʻp tarixiy inshootlar orasidan birortasini ajratib koʻrsatish amrimahol: butun shahar markazidagi tor koʻchalar, mozaika bilan bezatilgan arkalari bilan dunyoga mashhur masjid va madrasalar barchasi yaxlitlikni tashkil etadi.

© Sputnik / /Anton KurilkinBuxorodagi madrasa
Medrese v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston
Buxorodagi madrasa

Bu yerda vaqt oʻziga xos tarzda harakatlanadi, oʻtmish esa zamonaviylik bilan uygʻunlashib ketadi. Bunyod etilgan vaqtiga qaramasdan barcha inshootlar aʼlo darajada saqlangan, barchasining ichiga kirish, yaqindan tomosha qilish mumkin. Goʻyoki birdaniga bir necha yuz yil avvalgi davrga qaytib qolgandek boʻlasiz.

© Sputnik /Anton KurilkinBuxorodagi arxitektura yodgorligidagi mozaika
Mozaika na arxitekturnыx pamyatnikax v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston
Buxorodagi arxitektura yodgorligidagi mozaika

Oʻrta asr chorrahalaridagi savdo rastalarida bugungi kunda ham idish va pichoqdan tortib turli suvenirlar sotadigan attorlar oʻtirishadi. Ularning aksariyati oʻz mahoratlarini ehtimoliy xaridor va turistlarga namoyish etgancha koʻchaning oʻzida buyumlarga zeb beradi.

Xorijliklar uchun muzey va ayrim tarixiy inshootlarga kirish pullik, lekin narxlar ramziy. Masalan, Ark qarorgohiga kirish uchun xorijlik turistdan dasturdan kelib chiqib bir necha ming soʻm olishadi.

© Sputnik /Anton KurilkinBuxoro. Eski shahardagi koʻcha
Buxara. Ulochka v starom gorode  - Sputnik Oʻzbekiston
Buxoro. Eski shahardagi koʻcha

Besh ming soʻmga ekskursovod xizmatidan foydalanish mumkin. Odatda men gidlarga koʻp ham murojaat qilmayman, chunki koʻpincha bir xil ohangdagi mingʻir-mingʻirni eshitish odamni charchatadi, osori atiqa bilan shoshilib tanishtirish esa zavq bagʻishlamaydi. Oʻrta asr durdonalari boʻlgan bu arxitektura yodgorliklarini bir oʻzing tomosha qilishga nima yetsin.

© Sputnik /Anton KurilkinArk qarorgohidan shaharning koʻrinishi
Vid na gorod iz tsitadeli Ark v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston
Ark qarorgohidan shaharning koʻrinishi

Lekin bu safar qalʼa turistik byurosi xodimi meni xodim bilan birga oddiy turistlar uchun yopiq boʻlgan ayrim joylarga ham kirish mumkinligini aytib qiziqtirib qoʻydi. Tan olib aytaman, bu hayotim davomidagi eng yaxshi ekskursiya boʻldi.

Biz qalʼaning turistlar koʻrishi mumkin boʻlgan har bir qismini shoshmasdan kezib chiqdik, ekskursovod esa tarixiy faktlar, rivoyatlar va oʻzi toʻqigan afsonalar asosida mazkur majmua, amirlar va XX asrdagi Buxoro haqida shunday hikoya qilib berdiki, undan uzoqlashgim kelmay qoldi.

© Sputnik /Anton KurilkinBuxoroning tarixiy qismidagi koʻcha
Ulitsa v istoricheskoy chasti Buxarы - Sputnik Oʻzbekiston
Buxoroning tarixiy qismidagi koʻcha

Jonli tarixdan voz kechib shahar markazini tark etishni aslo istamasdim, biroq vaqt siquvga olib borardi. Bozorga ulgurish va qaytish bileti masalasini ham hal qilish kerak edi.

Yangiliklar lentasi
0